“Milliy tahdid emasmi?” Alişer Qodirov boşqa tilda boşlanğiç talim olişiga çeklov qöyişni taklif qildi
Özbek ota-onalarning farzandlari uçun boşqa talim tilini tanlaş huquqini çeklaş zarur. Bunday taklifni “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Alişer Qodirov keça, 17 noyabr kuni bölib ötgan partiya fraktsiyasi yiğilişida bildirdi.
Uning aytişiça, “Maktabgaça talim va tarbiya töğrisida”gi qonunning 38-moddasini qayta körib çiqiş zarur. Hozirgi tartib ota-onalarga farzandlari uçun maktabgaça talim va tarbiya şakllari hamda talim oliş tilini erkin tanlaş imkonini beradi. Şuningdek, davlat talim standartlarida bolalarning boşlanğiç talim va tarbiyani davlat tilida olişini majburiy etib belgilaş kerak.
“Maktabgaça talim töğrisidagi qonun – 38-modda. Ota-onalar [tilni] erkin tanlaş huquqiga ega. Kim erkin tanlayapti, nimani tanlayapti? Boşqa tilni tanlayapti. Davlat siyosati nima böladi? Milliy qadriyatlarimiz, vatanimizni yaxşi köradigan, vatanparvar avlod yetiştiriş haqida gapiryapmizmi?” deya savol qöygan Qodirov.
Bundan taşqari, uning aytişiça, oliy talimda til tanlaş erkinligi saqlanişi mumkin, biroq boşlanğiç talimda bunday huquq çeklanişi kerak.
“Oliy talimda mayli, xohlagan tilida öqiyversin. Lekin boşlanğiç talimda tanlaş huquqini bermaslik kerak. Boşqa millatli vatandoşimiz bölsa, marhamat, uning milliy tili, u tanlaşga huquqi bor. Lekin ota-onasi özbek bölgan odamga boşqa tilni tanlaş huquqini bermaslik zarur”, deydi u.
Deputatning aytişiça, bu masalaga milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraş kerak.
“Unga [tilga] milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraş kerak. Talim-tarbiya siyosatimizni röyobga çiqişi nuqtai nazaridan qaraş lozim. Tilni boy bergandan keyin sertifikatimiz ham bir tiyin. Har qanaqa metodologiyamiz ham bir tiyin. Tildan boy bergan bolamizni biz heç qaçon özimizniki qilolmaymiz. Bu milliy tahdid emasmi?” deya savol qöygan deputat.
Uning aytişiça, til yöqotilgandan keyin madaniyat ham yöqotiladi.
“Til yöqotgandan keyin madaniyat yöqotiladi, bilib qöyinglar. Unga keyin vatanparvarlikni xohlaganingizça öqiting, foydasi yöq. Vatanparvarlik singdirilmaydi. Vatanparvarlik onasining suti bilan boşlanadi, talim-tarbiya tizimi bilan mahkamlanadi”, deydi Alişer Qodirov.
Malumot uçun, “Maktabgaça talim töğrisida”gi qonunning 38-moddasi bandlaridan birida bolalarning qonuniy vakillari öz farzandi uçun maktabgaça talim va tarbiya şakllarini hamda talim oliş tilini tanlaşi mumkinligi belgilangan.