Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abdurazzoq Öbroyev vafot etdi
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi azosi Abdurazzoq Öbroyev vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi xabar berdi.
Abdurazzoq Öbroyev faoliyati davomida Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Muştum” jurnali hamda “Vatanparvar“ gazetasida işlagan.
U 2005 yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Malumot uçun, Öbroyev 1956 yilda Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida tuğilgan. 1985 yilda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U taniqli hajvçi, şoir va yozuvçi, şuningdek, istefodagi podpolkovnik bölgan. Öbroyev Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi azosi ham edi.
Ijodkorning “Xöplam-töplam”, “Huring-hiring”, “Tuxumning qudrati”, “Ayolning quloği”, “Ruxsat bering, şer öqiyman” hamda “Sen avayla, asra Özbekistonni” kabi kitoblari naşr etilgan.