Özbekistonda aliment tölovlarining eng kam miqdorini qayta körib çiqiş taklif etildi
27-06-2025, 12:10
306 марта

Özbekistonda aliment tölovlarining eng kam miqdorini qayta körib çiqiş taklif etildi
Senatning sakkizinçi yalpi majlisida voyaga yetmagan bolalarning taminoti uçun aliment undiriş va tölaş tizimini takomillaştiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş masalasi körib çiqildi.Takidlanganidek, sönggi yillarda mamlakatimizda bolalar huquqlarini taminlaş va kafolatlaş hamda ularni ijtimoiy himoya qiliş, xususan, bolalarning taminoti uçun aliment undiriş va tölaş tizimini takomillaştiriş borasida muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bolaning tölaqonli rivojlanişi uçun eng yaxşi şart-şaroitlarni yaratiş davlatning majburiyati ekanligi mustahkamlab qöyilgan.
Şuningdek, qonunçilikda aliment tölaşdan böyin tovlaganlik uçun mamuriy va jinoiy javobgarlik çoralari kuçaytirilgan.
Qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga köra sud hujjati ijro etilmaganda qarzdorning mamlakatimizdan çiqişini vaqtinça çeklaş mumkinligi belgilangan.
Şu bilan birga, Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida “Aliment tölovlari” jamğarmasi taşkil etilib, 50 mlrd söm mablağ ajratilgan.
Sohada olib borilgan islohotlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga erişildi. Xususan, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan 2024 yil davomida 2,1 trln söm mablağlar, şundan oldindan tölov sifatida 46,3 mlrd söm miqdorida aliment pullari undirilgan.
2025 yil yanvar holatiga köra, “Aliment tölovlari” jamğarmasi hisobidan 1 723 nafar undiruvçiga 40,6 mlrd söm mablağ tölab berilgan.
Şuningdek, ötgan yilda 13 252 ta oila yaraştirilgan, işsiz bölgan 25 113 nafar qarzdor, şundan 8 201 nafari “Bandlik platformasi” orqali işga joylaştirilgan.
Muhokama davomida bolalarning taminoti uçun aliment undiriş va tölaş jarayonida ayrim muammo va kamçiliklar borligi senatorlar tomonidan takidlandi.
Xususan, Boş qomusimizda ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar tölaqonli va har tomonlama kamol topişi xususida ğamxörlik qilişga majburligi belgilangan bölsa-da, ayrim ota-onalar uşbu majburiyatiga masuliyat bilan yondaşmayotganiga etibor qaratildi.
2023 yilda 5 697 şaxs, 2024 yilda esa bu körsatkiç 35 foizga ortib, 8 833 şaxs moddiy taminotdan böyin tovlaganlik uçun mamuriy javobgarlikka tortilgan hamda ötgan yilning özida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 1 109 ta ayblov hukmi çiqarilgan.
Muhokama davomida iş joyi bölmagan va daromadi aniqlanmagan qarzdorlardan alimentni undiriş borasidagi ayrim muammolarga ham etibor qaratildi.
Bolalarga aliment undiriş va oilani taminotlaşning boşqa şakllarining xalqaro tartibi töğrisidagi Gaaga Konventsiyasiga qöşiliş, “Aliment tölovlari” jamğarmasini şakllantiriş manbalarini kengaytiriş va aliment majburiyatlarini ijro etiş va nazorat qilişning yagona axborot tizimini Iqtisodiyot va moliya vazirligining Ğaznaçiligi elektron tizimi bilan integratsiya qiliş vazifalari ijrosi keçikayotgani senatorlar tomonidan tanqid qilindi.
“Aliment tölovlari” jamğarmasi hisobidan 1 723 nafar undiruvçiga 40,6 mlrd söm mablağ tölab berilgan bölsa-da, uşbu mablağlarning atigi 2 foizi, yani 849,2 mln sömi jamğarmaga qaytarilgani mazkur yönalişda ham tasirçan çoralar köriş lozimligi takidlandi.
Bundan taşqari, Oila kodeksining 107-moddasiga asosan voyaga yetmagan bola sud qarori bilan ota-onasidan olinib, bolalar tarbiya muassasasiga joylaştirilgan bölsa, ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga belgilangan miqdorlarda alimentlar undiriladi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga oçilgan bank hisobvarağida jamlanadi va u voyaga yetganda tölanadi.
Biroq voyaga yetmagan bolalar nomiga bank hisobvaraği oçişning huquqiy asoslari belgilanmaganligi uçun bugungi kunga qadar alimentlar boşqa hisobvaraqlarga tölab borilgan.
Muhokama yakunida yuqorida tilga olingan dolzarb masalalarni öz içiga olgan parlament sörovini Vazirlar Mahkamasiga yuboriş töğrisida Senat qarori qabul qilindi.