Xorazmlik usta Qozoğistondagi xalqaro çempionatda birinçi örinni egalladi
Keça, 17:46
189 марта
Xorazmlik usta Qozoğistondagi xalqaro çempionatda birinçi örinni egalladiQozoğistonda Georgiy Kot versiyasi böyiça taşkil etilgan xalqaro çempionatda Özbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli iştirok etdi. Jamoa tarkibidagi Xorazm vakili Mamassalayev Şavkat musobaqada birinçi örinni qölga kiritdi.
Mazkur çempionat soha böyiça eng nufuzli professional musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda dunyoning 70 ta davlatidan 500 nafardan ortiq mutaxassis bellaşdi.
Jahon çempioni, ustoz Oybek Ataev rahbarligidagi terma jamoa ayollar soç turmaklari, ayollar keçki va kokteyl turmaklari, erkaklar soç kesiş va turmaklaş san'ati hamda makiyaj yönalişlarida iştirok etdi.
Özbekiston terma jamoasi jami 13 ta medalni qölga kiritdi: 3 ta oltin, 6 ta kumuş va 4 ta bronza.
Ğolib va sovrindorlar:
– Mamassalayev Şavkat — Gran-pri va 2 ta oltin medal;
– Jumanazarova Şoira — 1 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medal;
– Qayumova Muborak — 2 ta kumuş medal;
– Dusçanova Feruza — 1 ta bronza medal;
– Yakubov Islom — 1 ta kumuş medal;
– Baydadaev Akmal — 1 ta bronza medal;
– Lazarev Ivan — 1 ta kumuş medal;
– Mispahova Zarnigor — 1 ta kumuş medal;
– Krimova Laylo — 1 ta bronza medal.
Jamoa a'zolarining ta'kidlaşiça, bu natijalar Özbekistonda gözallik industriyasi, sartaroşlik san'ati, makiyaj va tirnoq servisi yönalişlari tobora rivojlanib borayotganini körsatadi. Jamoaning maqsadi — milliy parikmaxerlik san'atini dunyoga tanitiş va yangi avlod professional ustalarini tarbiyalaş.
«Xorazm Bugun» jamoasi hamyurtimiz [Ism Familiya]ni hamda barça ğolib va sovrindorlarni yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi!
#Xorazm #Sartaroşlik #GözallikIndustriyasi #XalqaroÇempionat #XorazmBugun






