Toşkentdagi mebel tsexida yonğin sodir böldi
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mebel işlab çiqariş tsexida yuz bergan yonğin qariyb 45 daqiqada öçirildi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, yonğin bugun, 23 noyabrga ötar keçasi soat 03:08 da Xusniobod köçasida joylaşgan mebel işlab çiqariş tsexida sodir bölgan.
Xabar kelib tuşişi bilan qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan. Yonğin soat 03:43 da qurşab olinib, 03:53 da töliq öçirilgan.
Hozirda yonğin sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qarşi şahridagi xonadonlardan birida gaz portlagani haqida xabar berilgan edi.