USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çet el maşinalarining Özbekistonda qoliş muddati uzaytiriladi

9 марта
Чет эл машиналарининг Ўзбекистонда қолиш муддати узайтирилади

Özbekistonda xorijiy avtotransport vositalarining mamlakat hududida böliş muddatini 90 kundan 180 kungaça uzaytiriş taklif etilmoqda. Bojxona tölovlarini keçiktirib tölaş muddati ham 60 kundan 120 kungaça oşirilişi belgilangan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugun, 24 noyabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Bojxona mamuriyatçiligi va taşqi savdo tartibotlarini yanada soddalaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi körib çiqilgan.

Qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksida xorijiy avtotransport vositalarini Özbekiston hududiga olib kiriş va olib çiqiş tartibini takomillaştiriş taklif etilmoqda.

Unga köra, çet el avtomobillarining mamlakatimiz hududida böliş muddati amaldagi 90 kundan 180 kungaça uzaytiriladi. Bojxona tölovlarini keçiktirib tölaş muddati esa 60 kundan 120 kungaça oşiriladi.

Hujjatda bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşda hisoblanadigan foizlarni Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkalariga tenglaştiriş ham nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, tadbirkorlik subektlari uçun boş taminot summalarini kamaytiriş mexanizmlari joriy etilmoqda. Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari doirasida arizalar hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlarni “Yagona darça” bojxona axborot tizimi orqali qabul qiliş imkoniyatlari kengaytiriladi.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, taşqi savdo operatsiyalaridagi ortiqça mamuriy tartib-taomillar qisqartirilişi, tadbirkorlarning moliyaviy yuki yengillaştirilişi, bojxona xizmatlari şaffofligi va tezkorligi oşirilişi kutilmoqda. Bu orqali mamlakatning investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş maqsad qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: