Ziroat Mirziyoyeva Ammondagi hunarmandçilik şourumiga bordi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida mamlakat Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya qiroliçasi Raniya al-Abdulloh bilan birgalikda Ammon şahridagi Jordan River Designs hunarmandçilik şourumiga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilişiça, Jordan River Foundation jamğarmasi huzurida faoliyat yurituvçi uşbu şourumda ijtimoiy himoyaga muhtoj hunarmand ayollar tayyorlagan qöl mehnati mahsulotlari namoyiş etilgan. Loyiha özida milliy hunarmandçilik ananalarini asrab-avaylaş bilan birga ayollarning barqaror bandligini taminlaş hamda ularning oilalari farovonligini oşirişni mujassam etadi.



Jordan River Designs dasturi doirasida har yili 800 nafardan ortiq mahalliy hunarmand ayol iş bilan taminlanadi. Ular Iordaniyaning boy madaniy merosini aks ettiruvçi ananaviy va zamonaviy mahsulotlar, şu jumladan, kaştaçilik bilan bezatilgan interer buyumlari, gilamlar, moda aksessuarlari va esdalik sovğalarini tayyorlaydi.



Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bunday yondaşuv kambağallikni qisqartiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş, milliy hunarmandçilik ananalarini asrab-avaylaş hamda mahorat sirlarini yoş avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etişini takidlagan.