Andijonda Cobalt yöl ajratuvçi ustunlarga urilib, ikki kişini jarohatladi
Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida Cobalt haydovçisi quvib ötiş vaqtida boşqaruvni yöqotib, yölni ajratib turuvçi ustunlarga urildi. Bu haqda Andijon viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi joriy yilning 23 noyabr kuni soat 18:00 larda tuman hududidagi Oltin vodiy mahallasi orqali ötuvçi D-138 avtomobil yölining 18-kilometrida sodir bölgan.
1992 yilda tuğilgan M.I. Cobalt rusumli avtomaşinada “Qörğontepa – Andijon” yönalişida harakatlanayotgan bölgan. U oldinda ketayotgan transport vositasini quvib ötiş jarayonida yölni ajratib turuvçi ustunçalarga urilib, boşqaruvni yöqotgan.
Oqibatda haydovçi hamda avtomaşinadagi yölovçi Ş.M. turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qörğontepa tumani IIB Yöl harakati xavfsizligi guruhi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Oltinköl tumanida Damas haydovçisi oraliq masofani saqlamay, boşqaruvni yöqotib, oldinda ketayotgan Zil-131 yuk maşinasining orqa qismiga borib urilgani haqida xabar berilgan edi.