Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼ USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 12 yillik talimga ötiş: qonun loyihasi Senatga yuborildi

54 марта
Ўзбекистонда 12 йиллик таълимга ўтиш: қонун лойиҳаси Сенатга юборилди

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining keça, 24 noyabr kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida deputatlar bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta talimning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi qonunni qabul qildi. Unga köra, majburiy umumiy örta talim muddatini 11 yildan 12 yilgaça uzaytiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, qonun loyihasi “Maktabgaça talim va tarbiya töğrisida” gi hamda “Talim töğrisida” gi qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutadi. Unga muvofiq, bir yillik maktabga tayyorlov maktabgaça talim va umumtalim taşkilotlarida taşkil etiladi. Şuningdek, har bir bolaning bunday tayyorgarlikdan ötiş huquqi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktabga tayyorlov bepul böladi

Deputat Sayyora Imomovaning malum qilişiça, hozirda mamlakatda maktabgaça talim bilan qamrov 78 foizga, olti yoşli bolalar qamrovi esa 98 foizga yetgan. Majburiy bir yillik maktabga tayyorlov tizimiga ötiş 2018 yilda boşlangan. 2027 yilda olti yoşli bolalarni uşbu tayyorlov bilan qamrab oliş körsatkiçini 100 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Qonunga köra, majburiy maktabga tayyorlov maktabgaça talim taşkilotlarida, maktablarning böş sinfxonalarida, şuningdek, maktab va boğçalar mavjud bölmagan çekka hududlardagi ijtimoiy soha obektlarida taşkil etiladi. Bunday obektlar qatoriga “Kelajak” markazlari va boşqa talim maskanlari ham kiradi.

Deputatning aytişiça, hozirda 4 mingdan ortiq maktabda böş turgan xonalar negizida tayyorlov guruhlari taşkil etilgan. Şuningdek, yana 191 ta maktabda 246 ta tayyorlov guruhini oçiş rejalaştirilgan. Maşğulotlarga maktabgaça talim taşkilotlarida boğça tarbiyaçilari, maktablarda esa yuqori malakali pedagoglar jalb etiladi. Hozirda tayyorlov guruhlari pedagog kadrlar bilan 98 foiz taminlangan. Bu körsatkiçni 100 foizga yetkaziş uçun qöşimça 800 ta guruh taşkil etiş va qariyb 20 mingta yangi örin yaratiş talab etiladi. Bu bilan boğliq xarajatlar 2027 yilgi davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Deputat takidlaşiça, davlat muassasalari, maktablar va boğçalarda maktabga tayyorlov bepul amalga oşiriladi. Şu bilan birga, ota-onalar farzandini xususiy boğça yoki maktabda tayyorlaşni ham tanlaşi mumkin. Qonun nodavlat talim taşkilotlarida ham tayyorlov guruhlarini taşkil etişga ruxsat beradi.

Bunday guruhlarda maşğulotlar alohida dastur asosida ötkaziladi. Bolalarga dastlabki bilim va tuşunçalar öyin usuli orqali singdiriladi. Keyinçalik talim dasturlari xalqaro amaliyot talablariga muvofiq bosqiçma-bosqiç moslaştirib boriladi.

Olti yoşli bolalarning maqomi qanday böladi?

Deputat Saydullo Azimov olti yoşli bolalar yangi tizimda maktab öquvçisi yoki maktabgaça yoşdagi bola sifatida hisoblanişiga aniqlik kiritişni söradi. Uning takidlaşiça, bu masala kelgusida statistik malumotlarga ham tasir qilişi mumkin. Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti boşliği Erkin Murodov amaldagi “Maktabgaça talim va tarbiya töğrisida” gi qonunda maktabgaça yoş 7 yoşgaça bölgan davr sifatida belgilanganini aytdi. Uşbu tarif bolalarning maktabgaça talim taşkilotlarida böliş davrini töliq qamrab oladi va özgarişsiz qoladi.

Uning sözlariga köra, olti yoşli bolalarning aksariyati töliq kunlik guruhlarga qatnaydi. Agar maktabgaça yoş bilan boğliq tarif özgartirilsa, farzandlarini maktabgaça talim taşkilotlariga bergan qariyb 600 ming nafar ota-ona uçun qiyinçilik yuzaga kelişi mumkin. Deputat Dilmurod Ortiqov esa qömita tomonidan masala örganilganda qonunçilikda “maktab yoşi” tuşunçasi mavjud emasligi aniqlanganini bildirgan. Uning takidlaşiça, asosiy maqsad bir yillik tayyorlovni umumiy örta talimning alohida bosqiçi sifatida belgilaşdan iborat.

Tayyorlov uçun ijtimoiy obektlar ham jalb qilinadi

Erkin Murodovning malum qilişiça, ötkazilgan tahlillarga köra, mamlakatda maktabga tayyorlov jarayonini taşkil etiş mumkin bölgan 101 ta ijtimoiy obekt mavjud. Ular qatoriga texnikumlar, mahalliy idoralar, musiqa va sanat maktablari kiradi. Uşbu obektlarda kiçik guruhlar taşkil etilgan. Taşkiliy jarayon, uslubiy işlar va pedagoglar faoliyati maktabgaça talim taşkiloti tomonidan muvofiqlaştiriladi. Şuningdek, ijtimoiy obektlarning alohida reyestri yuritiladi. Maktabga tayyorlovni taşkil etiş mumkin bölgan joylar röyxati esa keyingi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadi.

Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov tayyorlov taşkil etiladigan aniq joylarni körsatiş örniga, har bir bolaning majburiy bir yillik maktabga tayyorlovdan ötiş huquqi davlat tomonidan kafolatlanişini belgilaşni taklif qildi. Uning aytişiça, maktabga qatnay olmaydigan bolalar uçun öqituvçilarning uyga borib dars ötişi tizimi ham mavjud.

Deputatlar qonunning kuçga kiriş muddatini ham muhokama qildi. Yangi tizimni joriy etiş uçun talim muassasalarini tayyorlaşga kamida olti oy vaqt kerakligi takidlandi.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan. U yerda körib çiqilganidan söng hujjat Prezident tomonidan imzolanişi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: