Özbekistonda “Yangi avlod” boğçalari taşkil etiladi
4-02-2026, 22:19
156 марта

Özbekistonda “Yangi avlod” boğçalari taşkil etiladi
Özbekistonda “Yangi avlod” nomli davlat bolalar boğçalari taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 4 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev maktabgaça talim tizimini yanada rivojlantiriş böyiça yangi takliflar bilan tanişişi çoğida malum qilindi.Maktabgaça talim bolalarning aqliy, ijtimoiy va manaviy rivojlanişida juda muhim bosqiç hisoblanadi. Sönggi yillarda bu sohada katta işlar qilinib, bolalar boğçalariga qamrov 78 foizga yetgan. Endi bu körsatkiçni 80 foizga yetkaziş rejalaştirilmoqda.
Hozirda ayrim tuman va şaharlarda boğça qamrovi past, şuningdek, köplab tarbiyaçilarning malumoti yetarli darajada emas. Şu sababli maktabgaça talim tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş zarurati tuğildi.
Yangi tartibga köra, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari majburiy böladi va u maktab talimining birinçi bosqiçi hisoblanadi. Bu bolalarni maktabga yaxşiroq tayyorlaşga xizmat qiladi. Talim jarayonida öyin orqali öqitiş usuli joriy etilib, bolalarning qiziqişi va qobiliyatlari inobatga olinadi.
Şuningdek, “Yangi avlod” nomli davlat bolalar boğçalari taşkil etiladi. 2026–2028 yillarda har bir hududda 120 örinli bunday boğçalar oçiladi va ularning tarkibida bolalarni rivojlantiriş markazlari böladi. Bu boğçalarda qöşimça rahbar va tarbiyaçi-yöriqçilar işlaydi. Rahbar va pedagoglarga oylik maoşiga qöşimça 20 foiz ustama tölanadi.
Nodavlat (xususiy) boğçalarga ham maktabga tayyorlov guruhlarini oçişga ruxsat beriladi. Bu raqobatni kuçaytirib, bolalar qamrovini oşirişga yordam beradi.
Pedagog kadrlar tayyorlaşga ham katta etibor qaratiladi. 2026–2027 öquv yilidan boşlab pedagogika oliygohlarida talim dasturlari xalqaro tajribaga moslaştiriladi. Örta maxsus malumotli tarbiyaçilar uçun esa işlab turib oliy malumot oliş imkoniyati yaratiladi.
2027–2028 yildan boşlab maktabga tayyorlov guruhini bitirgan bolalarga elektron sertifikat beriladi va bu malumot maktab hujjatlarida qayd etiladi.
Xususiy boğçalarni qöllab-quvvatlaş uçun ham bir qator imtiyozlar joriy etiladi. Qamrov past bölgan hududlarda:
davlat yerlarida oçilgan boğçalar 30 yilgaça ijara tölamaydi;
har bir bola uçun davlat tomonidan subsidiya beriladi;
150 örinli xususiy boğçalar uçun imtiyozli kreditlar ajratiladi;
tarbiyaçilarning iş haqi uç yil davomida davlat tomonidan qoplab beriladi.
Bundan taşqari, yangi uylarning birinçi qavatida oçilgan xususiy boğçalarga ham şu imtiyozlar tatbiq etiladi. 2030 yilgaça yirik xususiy boğçalar uçun ijtimoiy soliq böyiça yengilliklar beriladi.
Prezident bu takliflarni puxta işlab çiqiş va bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş orqali maktabgaça talim sifatini oşiriş muhimligini takidlagan.