Çirçiqda odamlarni “samosud” qilgan “Öğri” va uning şeriklari uşlandi
Çirçiq şahrida “samosud” bilan şuğullangan uyuşgan bezori guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Çirçiq şahri hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIBB hamkorligida respublika böylab ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlarining uçinçi bosqiçi doirasida Çirçiq şahrida fuqarolarni buyurtma asosida özboşimçalik bilan jazolab, ularga nisbatan zöravonlik sodir etib kelgan uyuşgan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgan.
Aniqlanişiça, guruhga 2004 yilda tuğilgan, muqaddam öğrilik jinoyati uçun sudlangan, sportning taekvondo turi bilan şuğullangan va “Öğri” laqabi bilan tanilgan şaxs rahbarlik qilgan. Tezkor tadbir davomida guruh rahbari hamda uning “Böri”, “Saman”, “Abu”, “Toş” va “Baklan” laqablari bilan tanilgan beş nafar şerigi qölga olingan. Ularning ayrimlari muqaddam ham turli jinoyatlar uçun sudlangan.
Qölga oliş jarayonida “Öğri”ning yonidan 1,8 gramm “gaşiş” giyohvandlik vositasi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, gumonlanuvçilarning uyali telefonlari közdan keçirilganda, fuqarolarga nisbatan zöravonlik işlatiş va ularni özboşimçalik bilan jazolaş – “samosud” holatlari aks etgan videolavhalar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan guruh azolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-(öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) va 277-moddalari (bezorilik), guruh rahbariga qöşimça ravişda 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Barça gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nukus şahrida fuqarolarning bank kartalaridan qariyb 1 milliard sömni noqonuniy özlaştiriş bilan boğliq kiberjinoyat foş etilgandi. Guruhlarda özini “Sanjik” taxallusi bilan taniştirgan şaxs va uning şeriklari qölga olingan.