Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olmaotadagi yonğinda ikki özbekistonlik halok böldi

16 марта
Олмаотадаги ёнғинда икки ўзбекистонлик ҳалок бўлди

Qozoğistonning Olmaota şahridagi xususiy turar joy binosida yuz bergan yonğinda Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok böldi. Olov jami beş kişining, jumladan, bir nafar bolaning hayotiga zomin böldi. Qurbonlar orasida ikki özbekistonlik erkak ham bor. Bu haqda mahalliy OAVga omon qolganlardan biri Anor Turğunboyeva malum qildi.

Uning sözlariga köra, ular uyga yonğindan bir neça kun oldin köçib borgan. Yonğin keça, 26 noyabr kuni tunda şaharning Böstonliq tumanida sodir bölgan. Yonğin haqidagi xabar soat 3:44 da kelib tuşgan. Ilk öt öçiruvçilar tört daqiqadan söng yetib borgan, biroq öşa vaqtga kelib uyni olov butunlay qamrab olib bölgan. Olov soat 4:42 da bartaraf etilgan. Uni öçirişda Favqulodda vaziyatlar departamentining 35 nafarga yaqin xodimi va töqqizta texnika iştirok etgan.

Turmuş örtoği va farzandlari bilan uydagi xonalardan birini ijaraga olib yaşagan Turğunboyeva tonggi soat törtlar atrofida uyğonib, deraza ortida olov yoğdusini körganini aytgan. Umumiy yölak allaqaçon tutunga tölib bölgani sababli oila deraza orqali qöşni hovliga çiqişga majbur bölgan. 

Ayolning sözlariga köra, uyda umumiy yölakka çiqadigan bir neçta xona bölgan. Ayrim yotoqxonalarda deraza bölmagan. Halok bölganlar orasida Özbekistonning ikki fuqarosidan taşqari uning qöşnisi, bu ayolning voyaga yetgan qizi va bir qizaloq ham bölgan.

Yonğindan söng töqqiz nafar turğun mehmonxonaga joylaştirilgan, ularga hujjatlarini tiklaşda yordam körsatilmoqda.

Yonğin fakti böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Tergov yonğin sabablari va voqea tafsilotlarini aniqlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonda qurilayotgan binoda yuz bergan yonğinda Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bölgan, yana bir kişi oğir jarohat olib, jonlantiriş bölimiga yotqizilgan edi. Ularning uççalasi ham quriliş obektida işlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: