USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoyda köp qavatli uyda yonğin çiqib, 14 kişi halok böldi

36 марта
Хитойда кўп қаватли уйда ёнғин чиқиб, 14 киши ҳалок бўлди

Xitoy şimolidagi Şansi provintsiyasida joylaşgan turar joy binosida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida kamida 14 kişi halok bölib, yana 38 kişi şifoxonaga yuborildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, yonğin keça, 8 noyabr kuni soat 17:00 atrofida Şansi provintsiyasining Tayyuan şahridagi Ingze tumani Lyusyan mavzesida boşlangan. Olov turar joy binosini qamrab olgan. Yonğin soat 19:00 ga kelib öçirilgan, qidiruv-qutqaruv işlari esa 20:30 da yakunlangan.

Hodisa haqidagi dastlabki xabarlarda beş kişi halok bölgani aytilgan. Biroq bugun, 9 noyabr kuni ertalab qurbonlar soni 14 nafarga yetgani malum bölgan. “Sinxua” agentligining xabar berişiça, jami 38 kişi şifoxonalarga olib borilgan. Ularning bir qismi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Yonğin sodir bölgan joyda tegişli xizmatlar hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlarini olib borgan. Qidiruv-qutqaruv işlari yakunlangan bölsa-da, yonğin kelib çiqişiga nima sabab bölgani hozirça nomalum. Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kanadaning Alberta provintsiyasidagi Wainwright harbiy bazasida kuçli şamol sabab öt-ölan yonğini tez tarqalib, 4 nafar harbiy halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: