Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trevoga emas bong. 30 ta harbiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi

61 марта
Тревога эмас бонг. 30 та ҳарбий атаманинг ўзбекча муқобили тасдиқланди

Özbekistonda harbiy sohada qöllaniladigan 30 ta atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, yangi atamalar özbek tilining qoida va meyorlariga moslaştirilib, rasmiy muomalaga kiritiladi. Mudofaa vazirligida jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi atamalar böyiça işçi guruh tomonidan işlab çiqilgan takliflar Davlat tilini rivojlantiriş departamentida jamlanib, Atamalar komissiyasi tomonidan soha mutaxassislari iştirokida ekspertizadan ötkazilgan.

Özbekça muqobili tasdiqlangan 30 ta harbiy atama:

  1. Akselbant – zarband;
  2. Ambrazura – şinak;
  3. Ataka – hamla;
  4. Baraban – dovul;
  5. Barabançi – dovulçi;
  6. Blindaj – panajoy;
  7. Blokada – qamal;
  8. Bronejilet – zirhnimça;
  9. Blokpost – tösiqpost;
  10. Veşmeşok – yukxalta;
  11. Gaupvaxta – bandixona;
  12. Gorn – burğu;
  13. Gornçi – burğuçi;
  14. Diversiya – qöporuvçilik;
  15. Diversant – qöporuvçi;
  16. Dubinka – darra;
  17. Dozor – erovul;
  18. Kokarda – jiğa;
  19. Kotelok – qozonça;
  20. Mişen – nişon;
  21. Okop – xandaq;
  22. Protivogaz – gazniqob;
  23. Rejim – tartibot;
  24. Tranşeya – xandaq yölagi;
  25. Trevoga – bong;
  26. Trençik (harbiy boş kiyim zanjirboği) – zanjirboğ;
  27. Tribunal – harbiy mahkama;
  28. Furajka – börk;
  29. Fortifikatsiya – istehkom;
  30. Şevron – uqa.

Bildirilişiça, mazkur işlar 2020–2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş kontseptsiyasi hamda davlat tilini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar doirasida amalga oşirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq özbek tilida keng qöllaniladigan 40 ta xorijiy atama özbekçaga tarjima qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: