Qurilişga ruxsat olib beriş uçun $1 mln pul söragan mulozim uşlandi
Toşkent şahrida soliq xodimi 40 ming dollar pora bilan qölga tuşdi. U Nurafşon şahridagi noturar yer maydonida quriliş işlari uçun ruxsat olib berişni vada qilgan va buning evaziga 1 mln 50 ming dollar talab qilgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1988 yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan Toşkent viloyati soliq boşqarmasi xodimi fuqaroga viloyatning Nurafşon şahrida joylaşgan xususiy korxonaga qaraşli 3,5 gektar noturar yer maydonidan iborat bölgan qurilişi tugallanmagan tsexni yuridik şaxsdan xaridor nomiga ötkaziş hamda şu joyda quriliş işlarini amalga oşiriş uçun tegişli taşkilotlardan ruxsatnoma olib berişni vada qilgan.
U buning evaziga 1 mln 50 ming dollar talab qilgan. U Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida xaridor bilan uçraşib, yer maydonini xaridor nomiga ötkaziş hamda 34 ta davlat idorasidan quriliş işlarini amalga oşiriş uçun tegişli ruxsatnoma olib berişini aytgan. Şuningdek, mulozim mansabdor şaxslarga pora berişga dalolat qilgan va oldindan 40 ming AQŞ dollarini olgan vaqtda tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan firibgar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzaxda “Jizzax suv taminoti” AJ mutaxassisi korxona qarzdorligini yöq qilib beriş va yangi suv hisoblagiç örnatiş evaziga pul talab qilgani aniqlangandi.