3 ming dollar evaziga daraxt kesişga ruxsat bergan ekologiya xodimi uşlandi
30-01-2026, 13:42
480 марта

3 ming dollar evaziga daraxt kesişga ruxsat bergan ekologiya xodimi uşlandi
Toşkent viloyatida ekologiya xodimi köp yillik daraxtlarni kesib taşlaşga ruxsat beriş evaziga 3 ming AQŞ dollari olayotgan paytda uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Malum bölişiça, Toşkent viloyatining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining tumanlardan biridagi bölimi boşliği 1990 yilda tuğilgan fuqaro tomonidan özi istiqomat qiluvçi uyning köça qismida quriliş işlarini amalga oşiriş maqsadida köp yillik daraxtlarni kesib taşlaşi uçun ruxsat beriş evaziga 3 ming AQŞ dollarini pora tariqasida olayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Ayni paytda, xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.