3 kilodan ortiq narkotikni “zapçast” orasiga yaşirganlar uşlandi
Surxondaryoda yuk avtomobili porşenlari va disk qismlariga yaşirilgan 2 kg 145,2 gramm “opiy” hamda 1 kg 3 gramm “geroin” olib kirişga uriniş foş etildi. Giyohvandlik moddalarini Afğonistondan olib kelgan fuqaro va ularni qabul qilayotgan ikki gumonlanuvçi qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi doirasida aniqlangan. Tezkor tadbir IIBB, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan.
Malum bölişiça, 1966 yilda Afğonistonda tuğilgan fuqaro Termiz tumanidagi “Ayritom” bojxona posti orqali Özbekiston hududiga kirib kelgan. U boşqaruvidagi avtomobil yukxonasidagi ikkita yuk maşinasi porşeni tekşirilganda, ularning içiga yaşirilgan 800 gramm giyohvandlik moddasiga öxşaş modda aniqlangan.
Şundan söng, jinoiy zanjirning boşqa iştirokçilarini aniqlaş maqsadida “Nazorat ostida yetkazib beriş” tezkor tadbiri ötkazilgan. Termiz şahrining Böston” mahallasida Afğoniston fuqarosi porşenlarni mahalliy fuqaroga topşirayotgan vaqtida qölga olingan.
Uning Termiz şahridagi vaqtinça yaşaş xonadon közdan keçirilganda, yana törtta yuk avtomobili porşeni va bitta disk qismi topilgan. Tekşiruvda uçta porşen içidan 1 kg 3 gramm “geroin”, qolgan bir porşen va disk qismidan esa 1 kg 345,2 gramm “opiy” giyohvandlik moddasiga öxşaş moddalar aniqlangan.
Tezkor tadbirlar davomida 9 noyabr kuni Şörçi tumanining Töla mahallasida ham operatsiya ötkazilgan. Unda Afğoniston fuqarosi tomonidan yuborilgan oltita porşenni qabul qilib olayotgan, 1993 yilda Denov tumanida tuğilgan fuqaro qölga olingan.
Ekspertiza xulosasiga köra, aniqlangan moddalar “opiy” va “geroin” ekanligi tasdiqlangan. Jami 2 kg 145,2 gramm opiy va 1 kg 3 gramm geroin hujjatlaştirib olingan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi hamda 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelingan narkolaboratoriya aniqlangani haqida xabar berilgan edi.