Surxondaryoda yuk maşinasiga 52,5 kg narkotik yaşirgan şaxs uşlandi
Surxondaryo viloyatida xizmati iti yuk maşinasiga yaşirib qöyilgan 52 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalarini foş qildi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi “Ayritom” çegara bojxona posti xodimlari va Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan viloyat bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini olib kirişga bölgan uriniş bartaraf etilgan.
Joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 22:30 da Afğonistondan “Ayritom” çegara bojxona postiga kirib kelgan böş yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan ötkazilgan. Nazorat jarayonida kinolog xizmat itining transport vositasiga nisbatan belgi berişi bojxona xodimlarining etiborini tortgan. Şundan söng, 1993 yilda tuğilgan, Termiz tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro boşqaruvidagi mazkur yuk avtomaşinasi çuqurlaştirilgan bojxona nazoratidan ötkazilgan. Natijada transport vositasi tirkamasining pol qismi tagiga xufiyona yaşirilgan 98 dona öram aniqlangan.
Bojxona postidagi yirik inspeksion rentgen qurilmasini çalğitiş maqsadida öramlar polietilen, zarqoğoz va skotç yordamida tört qat qilib qadoqlangan. Öramlar belgilangan tartibda közdan keçirilganda, ularning 79 donasida “gaşiş”, 19 donasida esa “opiy” giyohvandlik vositasi joylangani malum bölgan. Protsessual tartibda olib qöyilgan giyohvandlik vositalarining örami bilan birgalikdagi oğirligi 42 kg 335 gramm “gaşiş” hamda 10 kg 260 gramm “opiy”, jami 52 kg 595 grammni taşkil etgan.
Hisob-kitoblarga köra, olib qöyilgan giyohvandlik vositalari salkam 340 ming dozani taşkil etadi. Bu esa minglab insonlar, ayniqsa yoşlar salomatligi va kelajagiga jiddiy xavf solişi mumkin edi.
Malumot uçun, joriy yilning ötgan davrida Özbekiston bojxonaçilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda 1,9 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalarining bojxona çegaralari orqali noqonuniy olib ötilişi hamda içki hududdagi yaşirin aylanmasiga çek qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Qibray tumanida fuqaroning xonadonidan 1 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasi topilgandi.