Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hukumatga qarşi namoyişlarda qatnaşgan opa-singillarga oğir jazo berildi

0 марта
Ҳукуматга қарши намойишларда қатнашган опа-сингилларга оғир жазо берилди

Eronda joriy yilning yanvar oyidagi hukumatga qarşi namoyişlarda iştirok etgan ikki nafar egizak opa-singilga nisbatan sud hukmi çiqarildi. 21 yoşli Taraneh Rahimiy osib öldiriş jazosiga, uning singlisi Romina esa 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Euronews” xabar bermoqda.

Malum qilinişiça, opa-singillar 2026 yil yanvar oyining oxirida hibsga olingan. Biroq ularning oila azolari uç oydan ortiq vaqt davomida qizlar qayerda saqlanayotgani haqida malumot ololmagan. Onasi ular bilan faqat may oyida uçraşiş imkoniga ega bölgan. Taranehga Eron qonunçiligida “Xudoga qarşi uruş olib boriş” manosini anglatuvçi “moharebe” moddasi böyiça ayblov qöyilgan. Uşbu jinoyat uçun mamlakat qonunçiligida ölim jazosi belgilangan. Sud materiallarida qiz namoyiş vaqtida sovuq qurol bilan qatnaşgani va odamlar hayotiga xavf tuğdirgani qayd etilgan.

Tergov jarayonida Romina ham jinoyatga şeriklikda ayblanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Opa-singillarning yaqinlari ular hibsda bölgan vaqtda turli qiynoqlar va bosimlarga duç kelganini malum qilgan. Xususan, tergovçilar Taranehni aybini tan olişga majburlaş uçun uning köz öngida Rominaga nisbatan jinsiy zöravonlik qiliş bilan tahdid qilgan. Taraneh sudda özidan olingan körsatmalar qiynoqlar tasirida berilganini ham bildirgan.

Mazkur iş Eronda yanvar oyida bölib ötgan norozilik namoyişlari iştirokçilariga nisbatan qöllanilayotgan jazo çoralari bilan boğliq holatlardan biri hisoblanadi.

BMTning Eron böyiça maxsus maruzaçisi May Sato keltirgan malumotlarga köra, Isfahon şahridagi bir iş böyiça yana 10 kişi ölim jazosiga hukm qilingan. Huquq himoyaçilari esa namoyiş iştirokçilariga nisbatan qöyilayotgan ayblovlar siyosiy asosga ega ekanini takidlamoqda. Ularning bildirişiça, namoyişlardan keyin mamlakatda qatl etiş holatlari ham sezilarli darajada köpaygan.

Eslatib ötamiz, Xitoyda xorijiy davlat razvedkasi bilan hamkorlik qilib, davlat sirlarini unga yetkazgan amaldor ölim jazosiga hukm qilinganligi haqida xabar berilgan edi. U jami 35 ta maxfiy malumotni xorijga uzatgani va buning evaziga 150 ming dollardan ortiq pul olgani malum bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: