Özbekistonda asossiz oqlangan 37 kişiga ayblov hukmi çiqarildi – Boş prokuror
Özbekistonda prokuratura organlari tomonidan hisobot yilida 560 mingdan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Şuningdek, prokuror tekşiruvlari va dastlabki tergov davomida 2,3 trillion söm zarar undirilişi taminlandi. Bu haqda bugun, 28 noyabr kuni Oliy majlis Senatining 21-yalpi majlisida Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev malum qildi.
Qayd etilişiça, qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyati davomida 50 mingga yaqin qonunga zid hujjatga protest keltirilgan, 32 mingdan ziyod taqdimnoma kiritilgan. Şuningdek, 1,4 trillion söm zararni undiriş böyiça sudlarga 20 mingdan ortiq ariza yuborilgan.
Tadbirkorlar va xorijiy investorlarning 30 267 nafariga qonun ustuvorligini taminlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida amaliy yordam körsatilgan.
Sudlarda 146 mingdan ortiq iş körilişida prokurorlarning iştiroki taminlanib, qonuniy qarorlar qabul qilinişiga kömaklaşilgan. Şu bilan birga, 5 mingdan ortiq sud qaroridagi xatoliklar aniqlanib, ularning 36 foizi prokuror protestlari asosida qonun talablariga muvofiqlaştirilgan. Jinoyat işlari böyiça sudlarda esa bu körsatkiç 83 foizni taşkil etgan.
Prokurorlar taşabbusi bilan 14 nafar şaxs oqlangan, asossiz oqlangan deb topilgan 37 nafar şaxsga nisbatan esa ayblov hukmlari çiqarilişi taminlangan. Bundan taşqari, sudlarga 8 mingdan ortiq ariza kiritilib, 583 milliard sömlik davo talablari qanoatlantirilgan. Sud amaliyotidagi böşliqlarni bartaraf etiş maqsadida Oliy sud Plenumi qarorlariga 100 dan ortiq taklif ham berilgan.
Majlisda senatorlar prokuratura organlari faoliyatidagi ijobiy natijalar bilan birga, ayrim yönalişlarda nazoratni kuçaytiriş zarurligini ham takidlagan.
Xususan, soğliqni saqlaş, reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, yoşlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalaridagi qonunçilik ijrosini nazorat qiliş böyiça tavsiyalar berilgan.
Şuningdek, giyohvandlik, kiberjinoyatçilik, uyuşgan jinoyatçilik, yaşirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarşi profilaktik çoralarni kuçaytiriş, suniy intellekt yordamida jinoyatçilik xavflarini tahlil va prognoz qiliş hamda kriminogen xaritalarni şakllantiriş borasidagi işlarni faollaştiriş tavsiya etilgan.
Muhokamalar yakunida Senatning tegişli qarori qabul qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida jinoyat işlari böyiça sudlar 64 902 ta işni körib çiqqani haqida xabar berilgan edi.