Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sindorovga köz tikkan dunyo: Jahon şaxmat taxtiga bir qadam

56 марта
Синдоровга кўз тиккан дунё: Жаҳон шахмат тахтига бир қадам

Şu kunlarda Özbekiston tarixida yangi sahifa oçilişi arafasida. Özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindorov dunyoning eng nufuzli şaxmat tojini qölga kiritiş uçun kuraşmoqda. Kuraş 22 noyabr kuni Şveytsariyaning Jeneva şahrida boşlandi. Raqib – hindistonlik Gukeş Dommaraju.

22 noyabr kuni ötkazilgan birinçi partiya taxminan 3 soat 20 daqiqa davom etdi. Birinçi partiyada Sindorovning noodatiy harakati köpçilikning etiborini tortdi. U raqibi Gukeş uzoq vaqt öylab ötirganida, öyin zalini tark etib, dam oliş xonasida közlarini yumgança mizğiganday körindi. Uşbu şu holat haqida öyindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar Javohirga savol berişdi.

Javohir, öyin davomida boşingizni egib ötirganingizni kördim. Yetarliça uxlayapsizmi? Öyinlarga tayyorgarlik köriş uçun tunda uzoq ötirib qolasizmi?

Javohirning javobi esa quyidagiça böldi:

“Yöq, men şunçaki, yani raqibim öylayotganida, biroz hordiq çiqarişga harakat qilaman. Çunki keça aytganimdek, men u yerda şunçaki uxlab yotganim yöq, balki yurişlar haqida öylayapman. Lekin şuningdek, biroz böşaşişga ham harakat qilaman”.

Şaxmatçilar 26 noyabr kuni bahsning uçinçi partiyasini yakunladi. Bu partiya qolganlariga qaraganda eng keskin va qiziqarlisi böldi. Gukeş debyutdayoq raqibini hayratda qoldirdi va öyin davomida bir neça bor ustunlikka erişişga harakat qildi. Ayniqsa, vaqt tanqisligi Sindorov uçun murakkab vaziyatni yuzaga keltirdi. Biroq Javohir 40-yurişda atigi 8 soniya vaqt qolganida oğir vaziyatdan çiqib ketdi.

Öyindan sönggi matbuot anjumanida u raqibining puxta tayyorgarlik körganiga alohida töxtaldi:

“Bugun raqibim haqiqatan ham yaxşi tayyorgarlik körgan edi. Biz 5…Be7 variantini örganganmiz, ammo unçalik çuqur emas. Şuning uçun hayron qoldim. Men, pozitsiyam juda yaxşi deb öylagandim, biroq raqibim puxta tayyorgarlik körgan ekan. Oq donalarda öynaganim uçun ayrim imkoniyatlarni topişga harakat qildim. Partiya oxiriga kelib, pozitsiya mutlaqo teng ekanini anglay boşladim. Vaqt tanqisligi sababli xatoga yöl qöyişimga ham bir baxya qoldi. Ammo yaxşi himoyalanganimdan xursandman”.

Javohir Jenevaga yolğiz bormadi. U bilan 4,5 yoşidan şaxmat öynaşni örgatgan bobosi, murabbiylari hamda döstlari birga. Özbek muxlislari “kelinimiz” deya ataydigan qozoğistonlik grossmeyster Bibisora Assaubayeva ham Javohirning yonida.

U 2024 yilda Din Lijen va Gukeş örtasidagi jahon çempionligi bahsini birga tomoşa qilayotganlarida, Javohirga ikki yildan keyin aynan u jahon çempionligi uçun kuraşişini aytganini intervyularidan birida eslagan.

Javohir va Gukeş şaxmat tarixida jahon çempionligi uçun özaro kuraşayotgan eng yoş juftlik hisoblanadi. Ikkalasi ham 20 yoşda. Biroq Gukeş bu bahsda ikkinçi marta iştirok etmoqda. U 2024 yilda 18 yoşida jahon toji uçun kuraş olib borgan va ğolib bölgan. Bu yil esa 20 yoşida çempionlik unvonini saqlab qoliş uçun kuraşmoqda.

Jahon şaxmat tojini qölga kiritiş hayajoni özbek muxlislariga begona emas. Bundan 22 yil avval Rustam Qosimjonov bu quvonçni xalqimizga hadya qilgan edi. Qolaversa, bugun u ham Jenevada grossmeyster bilan birga. Hozirda Rustam Qosimjonov Özbekiston erkaklar terma jamoasining boş murabbiyi hisoblanadi. U joriy yil Samarqandda ötkazilgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida ham jamoaning tarixiy ğalabasiga öz tajribasi va mehnati bilan hissa qöşdi.

Javohir Sindorovning bugun jahon şaxmat toji uçun kuraşiş darajasiga yetib kelişi tasodif emas. Bu – yillar davomida qölga kiritilgan ğalabalar, rekordlar va tinimsiz mehnat mahsuli. Uning yutuqlariga bir nazar taşlasak…

2018 yilda, endigina 12 yoşida, grossmeysterlik talablarini bajardi. Şu tariqa dunyodagi eng yoş grossmeysterlardan biriga aylandi. Öşa yili Toşkent hokimligi unga Sergeli tumanidan 3 xonali uy sovğa qildi.

2019 yilda esa 13 yoşida Özbekiston kattalar örtasidagi şaxmat çempionatida ğolib çiqdi.

2025 yil Sindorov faoliyatidagi eng muhim burilişlardan biri böldi. Hindistonning Goa şahrida ötkazilgan Jahon kubogida 206 nafar şaxmatçi orasidan ğolib çiqib, turnir tarixidagi eng yoş çempionga aylandi. Bu ğalaba unga 120 ming dollar mukofot va 2026 yilgi Nomzodlar turnirida qatnaşiş huquqini berdi. 2026 yil sentyabrida esa Samarqandda ötkazilgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida Özbekiston terma jamoasi safida yana bir oltin medalni qölga kiritdi. Prezident tomonidan unga 200 ming dollar, uy va avtomobil topşirildi.

2026 yilning 28 martdan 16 aprelga qadar Kiprda ötkazilgan Nomzodlar turnirida ham Sindorov öz ustunligini namoyiş etdi. U 14 tur davomida biror marta mağlubiyatga uçramay, 10 oçko bilan musobaqada ğolib böldi. Eng muhimi, bu ğalaba unga jahon toji uçun amaldagi çempion bilan bahslaşiş imkoniyatini taqdim etdi.

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: