Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qurilişi tugamagan uylarga aholini kiritgan masullar qamalişi mumkin

0 марта
Қурилиши тугамаган уйларга аҳолини киритган масъуллар қамалиши мумкин

Özbekistonda qurilişi tugallanmagan yoki belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga yöl qöygan qurilişga masul va mansabdor şaxslar uçun töğridan-töğri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 27 noyabr kuni bölib ötgan 21-yalpi majlisida maqullangan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilişi tugallanmagan köp kvartirali uylarda noqonuniy yaşaşning oldini olişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Qonunga köra, Jinoyat kodeksining 229-3-moddasi yangi qism bilan töldirilmoqda. Unga muvofiq, foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga qurilişga masul yoki mansabdor şaxslar tomonidan yöl qöyilsa, aybdorlar uç yilgaça axloq tuzatiş işlari, 2 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

Şuningdek, Şaharsozlik kodeksiga buyurtmaçi va pudratçilarning foydalanişga qabul qilinmagan uylarga odamlarning köçib kirişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş majburiyatini belgilovçi norma kiritilmoqda.

Qonunni muhokama qiliş jarayonida keltirilgan malumotlarga köra, sönggi yetti yilda 383 ta köp kvartirali uy şaharsozlik hujjatlari, kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş va röyxatdan ötkaziş talablariga rioya qilinmasdan qurilgan. Uşbu uylardagi 20 mingdan ortiq xonadon fuqarolarga sotilgan. Bundan taşqari, turli qoidabuzarliklar sabab foydalanişga topşirilmagan 136 ta uyda qariyb 8 ming kişi yaşab kelmoqda.

Qonun yuzasidan maruza qilgan Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi örinbosari Qobuljon Tursunov amaldagi tartibda bunday uylarga odamlarning kirib yaşaşiga yöl qöyganlik uçun avval mamuriy, takroran sodir etilganda esa jinoiy javobgarlik belgilanganini aytdi. Yangi özgartişlar esa qurilişga masul şaxslarning javobgarligini aniq belgilaşni közda tutadi.

Muhokamada senator Malika Xodirxonova fuqarolardan aynan şu masala böyiça köplab murojaatlar kelib tuşayotganini takidladi. Uning aytişiça, 2025 yil 1 maydan uylarni foydalanişga qabul qiliş tartibi soddalaştirilgan bölsa-da, ayrim fuqarolar hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoni çözilib ketgani sababli tugallanmagan uylarga köçib kirişga majbur bölayotganini bildirmoqda. Senator bu muammoni hal etiş böyiça Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi vakilidan izoh söragan.

Vazirlik vakili korruptsiyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida inson omilisiz işlaydigan elektron platforma joriy etilganini malum qildi. Şuningdek, vazirlik huzurida noqonuniy qurilişlar bilan şuğullanuvçi departament taşkil etilgan. Hududlarda planşetlar bilan taminlangan xodimlar orqali noqonuniy qurilişlar aniqlanib, ular böyiça jarimalar qöllanilayotgani va materiallar sudlarga yuborilayotgani aytilgan.

Senat raisi Tanzila Norboyeva esa qurilişi tugallanmagan yoki qoidabuzarliklar sabab foydalanişga topşirilmagan uylarda yaşaş fuqarolar hayoti va xavfsizligiga tahdid solişini qayd etgan. Uning takidlaşiça, bunday holatlar quriliş işlari kölami katta bölgan Toşkent şahri, şuningdek Samarqand va Namangan viloyatlarida köproq uçramoqda. Senat raisi uşbu hududlardagi masullar va mahalliy kengaşlarni muammoga jiddiy etibor qaratişga çaqirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: