Qirğiziston Özbekistondan yirik yer uçastkalarini davlat mulkiga qabul qildi
1-07-2025, 12:04
115 марта
Qirğiziston Özbekistondan yirik yer uçastkalarini davlat mulkiga qabul qildiQirğiziston Vazirlar Mahkamasi Özbekiston tomonidan Qirğizistonga, Öş viloyatidagi Qirğiziston-Özbekiston davlat çegarasida berilgan ikki yer uçastkasini davlat mulkiga oliş haqidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda 24.kg naşri xabar berdi.
Xabarga köra, birinçi uçastka 100 gektar bölib, Qara-Suv tumanida 312/4 va 312/6 çegara punktlari orasida joylaşgan. Ikkinçi uçastka 198,44 gektarni taşkil etadi va Aravon tumanida 324 va 328 çegara punktlari orasida joylaşgan.
Bu qarorlar 2022 yil 3 noyabrda Bişkekda imzolangan "Qirğiz Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida ayrim davlat çegarasi uçastkalari töğrisidagi bitim"ni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni amalga oşiriş doirasida qabul qilingan.
Davlat yer resurslari, kadastr, geodeziya va kartografiya agentligi Öş viloyatidagi prezident vakili bilan birga uşbu yer uçastkalarini bir oy içida röyxatdan ötkazib, inventarizatsiya qiladi.
Qara-Suv va Aravon tuman hokimliklariga uşbu yer uçastkalarini mos ravişda Qara-Suv va Kerme-Too qişloq okruglariga bepul foydalanişga beriş va ulardan maqsadli foydalanişni taminlaş topşirildi. Qarorni amalga oşiriş xarajatlari mahalliy byudjet hisobidan moliyalaştiriladi, deyiladi xabarda.