“Anorbank” rahbari Frantsiyada öğirlab ketildi
3-07-2025, 14:53
982 марта

“Anorbank” rahbari Frantsiyada öğirlab ketildi
Joriy yilning 23 iyun kuni Özbekistondagi “Anorbank” rahbari, 48 yoşli Qahramonjon Olimov Frantsiyada öğirlab ketildi. Bu haqda “Le Monde” xabar berdi.Malum qilinişiça, Olimov Parij şahrida öğirlab ketilgan va Nitstsa şahri yaqinidagi bir yertölada uşlab turilgan. Uning ozod qilinişi uçun esa tölov talab qilingan. Tölovning malum qismi amalga oşirilganidan söng, u qöyib yuborilgan.
Naşrning yozişiça, özbek bankiri ozod qilingaç, darhol şifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy tekşiruvdan söng tanasida köplab kökarişlar va jismoniy şikastlanişlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, Qahramonjon Olimov 23 iyun kuni Parijga biznes uçraşuvi uçun borgan. Şuningdek, taşrif davomida notariusdan real mulk sotib oliş, Frantsiyadagi özbekistonliklar bilan uçraşiş va Sofitel Arc-de-Triomphe mehmonxonasida töqqiz keça qolişni rejalaştirgan.
Uçraşuvdan söng Olimovni kimdir kuzata boşlagan. U Parij köçalarida uşlangan va maxfiy ravişda Nitstsa yaqinlaridagi bir villaning yer osti qismida saqlanib, unga nisbatan haqoratlar, jismoniy zöravonliklar qöllanilgan.
Oradan köp vaqt ötmay gumondorlarning biri qölga olingan, unga “guruh bilan şaxsni öğirlaş” aybi qöyilgan. Qolganlarni esa izlaş işlari davom etmoqda