Yöllarni yaxşilaş uçun hokim va YHXX birga işlaşi kerak – Mirziyoyev
9-07-2025, 17:44
142 марта

Yöllarni yaxşilaş uçun hokim va YHXX birga işlaşi kerak – Mirziyoyev
Qayerda hokim va YHXX birgalikda yöl infratuzilmasi bilan jiddiy şuğullansa, öşa yerda özgariş kuzatilayotgani qayd etildi. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan yöl harakati xavfsizligini taminlaş va tirbandlikni kamaytiriş böyiça videoselektor yiğilişida malum qilindi.Yiğilişda aytilişiça, misol uçun, Çustdan ötgan va yiliga 10 nafar odam vafot etgan D-105 Farğona halqa yölining 6 kilometriga muhofaza tösiqlari örnatilgani uçun bu yil ölim bilan boğliq avariya bölmagan.
Prezident topşiriğiga köra, xalqaro va davlat ahamiyatidagi yöllar holati örganilgan. 1557 kilometr yöllarda beton va temir tösiqlar, 967 kilometr trotuar, 38 mingta yöl belgisi yetişmasligi aniqlangan.
Şu munosabat bilan Prezident yöl infratuzilmasini yaxşilaş orqali avariyalarni kamaytiriş böyiça “Xavfsiz yöl” milliy dasturi boşlanişini elon qildi. “Xavfsiz yöl” milliy dasturi doirasida “Xavfsiz yöl va xavfsiz piyoda” respublika jamğarmasi faoliyati qayta taşkil qilinib, Hukumat böysunuviga ötkaziladi. Har bir viloyatda jamğarmaning alohida filiallari böladi.
Qayd etilişiça, bu yil jamğarmaga barça manbalar hisobidan 400 milliard söm tuşişi prognoz qilingan. Bunga qöşimça tarzda foto-video radardan byudjetga tuşadigan jarimaning 25 foizi ham jamğarma va uning filiallariga yönaltiriladi.
YHXX tizimidagi yöl belgilari va svetofor örnatiş, yöl çiziqlarini çizişga masul korxonalar ham viloyatga ötkaziladi.
“Jamğarmaning faoliyati şaffof böladi, unga viloyat YHXB va yöl boşqarmasi boşliqlari, jamoatçilik vakillari kiradi”, deya yozgan Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.