USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pasportingiz endi telefonda-mi?

1 618 марта

Pasportingiz endi telefonda-mi?

Raqamli hujjatlar haqida bilişimiz kerak bölgan muhim jihatlar 
Ötgan bir neça kun davomida raqamli hujjatlar mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamada böldi. Endi pasportingiz, ID-kartangiz, diplomingiz kabi hujjatlarni yoningizda olib yurişga hojat qolmaydi – ular mobil qurilmangizda böladi, mazmunidagi xabarlarni öqidik.
Raqamli hujjatlar özining bosma muqobilini töliq almaştira oladimi? Qay holatlarda u tan olinadiyu, qay holatda asil hujjatning örnini bosa olmaydi?
Bugun şu mavzuni tahlil qilişga urinib köramiz.

Gap nima haqida ketmoqda?

1 iyuldan Özbekistonda raqamli hujjatlar tizimi rasman joriy etildi. Unga köra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining MyGov mobil ilovasi orqali barça hujjatlaringizni elektron şaklda köriş va saqlaş imkoni yaratildi.


Bu turdagi raqamli hujjatlar banklar, notarial idoralar, aeroportlar (içki reyslar), poyezdlar, davlat va korporativ xizmat körsatiş jarayonlarida va boşqa holatlarda qoğoz hujjat örnini bosadi. Çunki raqamli servislar asl qoğoz hujjatlaringiz asosida şakllantiriladi.
Raqamli hujjatlardan foydalaniş uçun MyGov mobil ilovasi  Play Market yoki App Store orqali telefonga yuklab olinib, ilovada röyxatdan ötiladi va şaxsiy kabinetdan kerakli hujjat (masalan, pasport) tanlanadi. Ekranda hujjatning raqamli şakli va haqiqiyligini tasdiqlovçi QR-kod körinadi – uni söralgan joyga taqdim etişi kerak böladi.
Taşkilotlar raqamli hujjatni tekşiriş uçun MyGov ilovasining "MyScan" funktsiyasini oçib, taqdim etilgan QR-kodni skaner qiladi. Çiqqan malumotlar fuqaroning şaxsiy malumotlari bilan soliştiriladi.

Raqamli hujjatlar faqat rasmiy MyGov ilovasi orqali taqdim etilganida tan olinadi. Boşqa şaxs tomonidan yoki özga manbalardagi malumotlar hamda hujjatlarning rasmlari, nusxalari qabul qilinmaydi.
Jarayon iziga tuşguniça...
Aholi, tadbirkorlar va davlat idoralari har bir yangilikni qabul qilişi uçun albatta vaqt kerak. Şu sabab raqamli hujjatlardan yoppasiga hamma foydalanişni boşlaydi, u hamma joyda ötadi, deb işonç bilan aytişga hali biroz erta. Hali bu haqda eşitmaganlar, undan qanday foydalanişni bilmaydiganlar ham yöq emas.
Misol uçun, bir neça yil avval bolalarni boğçaga joylaş uçun navbatda turiş xizmati yagona portal va davlat xizmatlari markazlari orqali yölga qöyilganida ham boşlanişiga köp tuşunmovçiliklar bölgan, kim qaysi vazifani bajarişini bilib olguniça, bir neça oy vaqt ötgandi.
Öşanda boğça mudiralari yagona portal orqali taqdim etilgan elektron yöllanmani tan olmay, unga tegişli joydan muhr qöydirib kelişni söraşgandi. Vaqt ötib hammasi izga tuşdi.
Raqamli hujjatlar masalasida ham şunday: siz uni taqdim etganingiz bilan taşkilotlar MyGov ilovasining “MyScan” funktsiyasi orqali  QR-kodni skaner qilişni hali bilmasa, tuşunmovçilik kelib çiqişi mumkin.

Masala faqat bunda emas...

Tizim öz iziga tuşguniga qadar hujjatlarning asl nusxasini olib yurişni çeklamay turganingiz maqul. Ayniqsa, abituriyent bölsangiz, şu kunlarga quyidagi malumot sizga suv va havodek zarur!
Bilimni baholaş agentligining ogohlantirişiça, test sinovlari kuni şaxsni tasdiqlovçi pasport (ID-karta)ning asl nusxasi majburiy ravişda taqdim etilişi şart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

“Nega? 2025 yil 1 iyuldan boşlab my.gov.uz orqali pasport va boşqa hujjatlarning elektron şakllari rasman tan olinadi-ku”, deyişingiz mumkin. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas.
Çunki test sinovi hududiga mobil telefon va boşqa raqamli qurilmalarni olib kiriş qatiyan taqiqlangan. Imtihonga telefonsiz kirarkansiz, öz-özidan raqamli hujjatlarni ham taqdim eta olmaysiz. Şuning uçun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport, abituriyent ruxsatnomasi bölişi şart.
Şu sabab“hujjatlarning raqamli şaklini körsataman-da”, deb yangliş xayolga borib qolmang. Aks holda, test sinovlaridan ötişni yana kamida bir yil kutişingizga töğri keladi.
Qolaversa, raqamli hujjatlarni qoğozlisiga teng deb tan oliş qoidalari haydovçilar va YPX xodimlari örtasidagi özaro munosabatlarga ham taalluqli emas.

Haydovçilar YPX xodimiga guvohnomasi va pasportining raqamli nusxalarini körsata olmaydi.
“Nega? Raqamli hujjatlar servisida haydovçilik guvohnomam va “texpasport”ning nusxalari bor-ku?”, dersiz yana. Lekin bu hujjatlarning raqamli körinişi faqat Mamuriy amaliyot markazida hamda imtihon va röyxatga oliş bölimlarida inobatga olinadi.
YHXX matbuot xizmatining ogohlantirişiça, Özbekiston fuqarolari yöl-patrul xizmati xodimining söroviga köra pasport (ID karta) yoki haydovçilik guvohnomasini körsatişi şart. 1 iyuldan kuçga kirgan hujjatlarning raqamli nusxalarini qoğozdagilari bilan teng asosda tan oliş töğrisidagi qoidalar uşbu sohaga taalluqli emas ekan.
Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda pasport yoki haydovçilik guvohnomasi ularsiz transport vositasini boşqariş mumkin bölmagan hujjatlar qatoriga kiritilgan, deb izohlaydi YHXX.

Şunday ekan, rulga ötirganingizda yoningizda albatta haydovçilik guvohnomasi yoki ID kartangiz bölsin.

Raqamlaşuv – masuliyat

Sönggi vaqtlarda butun dunyoda raqamli hujjatlar tizimining qiymati yanada oşib bormoqda. Çunki ular oddiy qoğoz hujjatlardan farqli ölaroq, yöqolişi, öğirlanişi yoki yaroqsizlanişi mumkin emas. Buning afzalligi Ukrainadagi uruş va Braziliyadagi toşqinlar paytida yaqqol köringan: fuqarolar öz hujjatlarini yöqotgan bölsa ham, raqamli ID orqali yordam olişda muammoga duç kelmagan.
Şunga qaramasdan, jahonda hali ham taxminan 850 million kişi rasmiy şaxsni tasdiqlovçi hujjatsiz yaşamoqda. Davlat tomonidan berilgan hujjat şaxsni tasdiqlaşidan taşqari, eng muhim xizmatlar: tibbiy yordam, bank xizmatlari, mulk huquqini rasmiylaştiriş kabi sohalarda juda ham kerak.

Özbekiston taraqqiyotdan ortda qolmagan holda, raqamli hujjatlar tizimini joriy etdi. Tizim vaqt ötişi bilan takomillaşadi, ommalaşadi. Eng asosiysi, muhim jarayonga öz vaqtida qadam taşlandi. Misol uçun, 8-9 yil avval sanoqli kişi davlat xizmatlaridan onlayn foydalanar edi, bugun esa ular soni 11 millionga yetgan. Raqamli hujjatlardan foydalaniş ham tez orada ommalaşib ketadi.

Bugun masala şundaki, faqat hujjatlarning özi emas, fuqarolik madaniyatimiz ham raqamlaşiş sari yuzlanmoqda. Demak, texnologiyalarni özlaştiriş bilan birga, undan oqilona va masuliyatli foydalaniş madaniyati ham şakllanib boraveradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: