IIO pensionerlari “uçastkavoy”larga yordam berişga jalb qilinadi
27-07-2025, 19:56
492 марта

IIO pensionerlari “uçastkavoy”larga yordam berişga jalb qilinadi
Toşkent va Farğona viloyatlarida kriminogen vaziyati oğir mahallalar uçun içki işlar organlari profilaktika sohasida köp yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlar şartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinadi. Bu haqda Içki işlar vaziri tegişli buyruq çiqardi.Vazirning uşbu buyruği Özbekiston Respublikasining “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonuni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ–3413-sonli “Içki işlar organlari kadrlari bilan işlaş va ularning xizmatini taşkil etiş tartibini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan çiqarilgan.
Unga köra, IIO pensionerlari şartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga ixtiyoriy tartibda, içki işlar organlari tomonidan tanlov asosida jalb qilinadi. Ularning soni çeklanmaydi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qiliş böyiça tanlovni ötkaziş vaqtida pensionerlarga jinsi, yoşi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib çiqişi, qarindoşlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqei, yaşaş joyi, dinga bölgan munosabati, etiqodi, jamoat birlaşmalariga mansubligi, şuningdek ularning işçanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan boğliq bölmagan boşqa jihatlariga qarab mehnat va maşğulotlar sohasida biron-bir töğridan töğri yoki bilvosita çeklovlar belgilaş, xuddi şuningdek imtiyozlar beriş kamsitiş deb hisoblanadi va bunga yöl qöyilmaydi.
Tanlov uşbu ikki viloyatda IIB rahbari tomonidan tasdiqlangan kriminogen vaziyati oğir mahallalarning röyxatidan kelib çiqqan holda yilda kamida bir marta ötkazilişi mumkin.
Quyidagilar pensionerni şartnoma asosida jalb qiliş uçun monelik qiluvçi omillar hisoblanadi:
- qasddan sodir etgan jinoyati uçun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib taşlanmagan bölişi;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilişi;
- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan bölişi;
- pensionerda unga yuklatilgan vazifalarni ötaşga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud bölişi;
- şaxsiy va işçanlik sifatlari böyiça şartnomada körsatilgan majburiyatlarni bajarişga qodir emasligi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amaliy tajribaga, şuningdek, içki işlar organlarida kamida 5 yillik amaliy iş stajiga ega bölmaslik.