USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda oğir yuk kötaruvçi samosval vagonlar işlab çiqariladi

314 марта

Özbekistonda oğir yuk kötaruvçi samosval vagonlar işlab çiqariladi

2024 yil 21 noyabr kuni «Özbekiston temir yöllari» AJ, «Andijon mexanika zavodi» AJ hamda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ hamkorligida «Sanoat uçburçagi» sanoat yarmarkasi doirasida umumiy qiymati 501,76 mlrd sömlik loyihani amalga oşiriş böyiça memorandum imzolangan edi.

Uşbu loyiha doirasida 6 öqli, 115 tonna yuk kötaruvçi dumpkar-samosval vagonlarini loyihalaş, işlab çiqariş va 2025 yilda yetkazib beriş közda tutilgan.

Loyiha «Olmaliq toğ-kon metallurgiya kombinati» hamda «Olmaliq quyuq mexanika zavodi» bilan qöşma tarzda mahalliylaştirildi. Uşbu yönalişdagi ilk vagonni Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 2025 yil avgust oyida jönatiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, «Navoiyuran» DK buyurtmasiga asosan 2025 yil davomida 45 dona 15−9724 va 15−9724−04 rusumli vagon-tsisternalar işlab çiqarilib, qiymati 59 mlrd söm miqdoridagi mahsulot yetkazib berildi. Ayni vaqtda ularning 10 donasi foydalanişga topşirilgan.
Mahalliylaştirilgan mahsulotlar eksport ham qilinmoqda. Xususan, Turkmanistonning Ege Logistika kompaniyasi bilan tuzilgan şartnoma asosida, umumiy qiymati 4,452 mln dollar bölgan 56 dona 15−9721 rusumli neft mahsulotlari taşuvçi vagon tsisternalar yetkazib berilmoqda. Hozirda uşbu kompaniyaga 6 dona vagon (477 ming dollar) jönatilgan. Şuningdek, turkmanistonlik tadbirkor B. Polliyevga ham şunça miqdorda eksport amalga oşirilmoqda.
Qozoğistonning Kazsink Temir Trans kompaniyasi uçun esa Özbekiston hududida qayta işlangan, oltingugurt kislotasini taşuvçi 10 dona vagon-tsisternalar eksport qilinmoqda. Şartnoma qiymati 301 ming dollarga teng.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: