MIB tarixida eng yirik aliment: Nukusda ota 2,2 milliard söm töladi
5-08-2025, 18:23
1 923 марта
MIB tarixida eng yirik aliment: Nukusda ota 2,2 milliard söm töladiQoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida bir ota farzandining 18 yoşiga qadar tölaşi kerak bölgan aliment mablağini oldindan tölab berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, Fuqarolik işlari böyiça Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.B.dan uning sobiq turmuş örtoğining foydasiga bir nafar farzandning taminoti uçun u voyaga yetguniga qadar aliment undiriş belgilangan.
Qarzdor ota MIB Nukus şahar bölimiga kelib, farzandi 18 yoşga tölgunga qadar tölaşi lozim bölgan aliment mablağlarini oldindan tölaş istagini bildirgan.
Takidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qaroriga muvofiq, farzand voyaga yetgunga qadar tölanişi lozim bölgan aliment mablağlarini oldindan tölaş mumkin.
Uşbu fuqaroning keyingi 13 yil davomida tölaşi kerak bölgan aliment mablağlari 2 milliard 270 million 812 ming sömni taşkil etgan.
Şundan söng, ayol MIB Nukus şahar bölimiga kelib, hisoblab çiqilgan 2 milliard sömdan ortiq alimentni sobiq turmuş örtoğidan olganini malum qilgan.
“Uşbu aliment uçun tölangan summa byuro tarixida hozirça eng yirik miqdordagi tölov bölib qolmoqda”, — deyiladi xabarda.