Öqişni davlat oliygohlariga köçiriş uçun ötiş ballari tasdiqlandi
10-08-2025, 00:00
1 161 марта
Öqişni davlat oliygohlariga köçiriş uçun ötiş ballari tasdiqlandiEng yuqori ötiş balli — huquq, eng past ball — veterinariya yönalişlari uçun belgilandi. Bu haqda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2025/2026-öquv yili uçun xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliygohlariga öqişni köçiriş uçun ötiş ballari tasdiqlandi. Ballar vazirlik va idoralarning takliflari asosida şakllantirildi.
Huquq yönalişiga öqişni köçiriş uçun talabgor kamida 165 bal töplaşi kerak. Bu barça sohalar orasida eng yuqori körsatkiçdir. Bir yil avval mazkur yönalişga köçiriş uçun 140 bal talab qilingan edi — yani 12 oy içida ötiş körsatkiçi 25 balga oşgan.
Keyingi yuqori ötiş balli soha — soğliqni saqlaş bölib, u uçun minimal bal 129 ni taşkil etadi (bir yil oldingi körsatkiçdan özgarmagan).
Eng past ballar veterinariya (60 bal) hamda qişloq, örmon va baliq xöjaligi (70 bal) sohalarida belgilandi. Mazkur yönalişlar uçun ötiş ballari ötgan yilgi darajada qoldirildi.
Ijtimoiy fanlar yoki biznes yönalişlariga köçirmoqçi bölganlar kamida 105 bal töplaşi kerak.
Talim, tillar, atrof-muhit, matematika va statistika, ijtimoiy taminot sohalari böyiça imtihonda minimum 94 bal töplaş zarur.
Fizika, biologiya va umuman tabiiy fanlar sohalari böyiça öqişini davlat oliygohlariga köçirayotganlar kamida 80 bal olişi şart.