Özbekistonda yarim yilda 48 mingdan ortiq ayol-qizlar zöravonlikka uçradi
12-08-2025, 21:42
183 марта

Özbekistonda yarim yilda 48 mingdan ortiq ayol-qizlar zöravonlikka uçradi
Joriy yilning birinçi yarim yilligida Özbekistonda ayol-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik 121 foizga köpaygan. Holat ortidan Senatning Yoşlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi azosi Malika Qodirxonova Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova nomiga senator sörovi yubordi. Bu haqda Oliy Majlis senati matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, sörov Özbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qiliş, tazyiq va zöravonlik holatlarini bartaraf etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan yuborilgan. Senatorning takidlaşiça, qabul qilingan qonunlar va çoralariga qaramay, sönggi yillarda ayollarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlari oşib bormoqda.
Statistik malumotlarga köra, joriy yilning birinçi yarmida respublika böyiça 48 303 ta tazyiq va zöravonlik holati qayd etilgan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 121 foizga köp. Eng köp holatlar Toşkent viloyatida (9 414 ta), Buxoro (5 612 ta), Qaşqadaryo (5 268 ta) va Andijon viloyatlarida (4 808 ta) qayd etilgan. Şu davrda 930 nafar ayolga takroriy himoya orderlari berilgan.
Qayd etilişiça, senator sörovida qömita va uning hududiy bölinmalari tomonidan tazyiq va zöravonlikka olib keluvçi sabablarni aniqlaş, profilaktik işlarni kuçaytiriş, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş va mahallalarda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlikka murosasizlik muhitini şakllantiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntirişlar taqdim etiş söralgan.