Özbekistonda umumxalq xayriya haşari ötkaziladi
14-08-2025, 17:05
673 марта

Özbekistonda umumxalq xayriya haşari ötkaziladi
Joriy yilning 22-23 avgust kunlari Özbekistonda umumxalq xayriya haşari ötkaziladi. Bu haqda keça, 13 avgust kuni hukumatning 516-sonli tegişli farmoyişi qabul qilindi.Unga köra, butun Özbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt körki” şiori ostida joriy yilning 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya haşari ötkaziladi. Haşardan közlangan maqsad mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, istirohat boğlari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boşqa joylarni obodonlaştirişdan iborat.
Qayd etiş joiz, umumxalq xayriya haşari haftaning juma va şanba kunlariga töğri kelmoqda.
Malumot örnida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi “Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror bilan haşarlar Prezidentning tegişli qarori yoki umumxalq haşarini ötkaziş töğrisidagi hukumat qarori mavjud bölgandagina ötkazilişi mumkin. Davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan haşarlar taşkil etiş va ötkaziş faqat ixtiyoriylik asosida amalga oşirilişi mumkin.
Şuningdek, unga muvofiq, haşarlar qatiy ravişda haşar iştirokçilari işlayotgan taşkilot hududida mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ötkaziladi. Haşarlar doirasida obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, iş örinlarini tartibga soliş böyiça işlar olib boriladi, bundan boşqa barça turdagi jamoat işlariga, şu jumladan quriliş, tamirlaş va qişloq xöjaligi işlariga majburiy jalb etiş qatiyan taqiqlanadi
Bundan taşqari, avtomobil yöllari, harakatlaniş tiğiz bölgan köçalar, suv obektlari, qirğoqböyi hududlar va zonalar, quriliş maydonlari, bino va inşootlar tomlari, xavfli işlab çiqariş obektlari, şuningdek, insonlarning hayotiga yoki soğliğiga xavf tuğilişi yuzaga kelişi mumkin bölgan boşqa joylarda ixtiyoriy taşabbus bilan haşarlar va boşqa işlarni ötkaziş taqiqlanadi.