Qirğiziston va Özbekiston pensiya stajini özaro tan oladigan böldi
19-08-2025, 05:41
252 марта

Qirğiziston va Özbekiston pensiya stajini özaro tan oladigan böldi
Toşkent şahrida Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi rahbariyati va Qirğiziston Ijtimoiy jamğarmasi vakillari örtasida davlat ijtimoiy suğurtasi va pensiya taminoti töğrisidagi bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar bölib ötdi. Bu haqda Pensiya jamğarmasixabar bermoqda.Qirğiziston tomonining yozişiça, bitim quyidagilarni nazarda tutadi:
pensiyalarni tayinlaş uçun suğurta stajini jamlaş;
pensiyalarni yetkazib beriş xarajatlarini uşlab qolmasdan, yaşaş mamlakatidan qati nazar, fuqarolarga töğridan-töğri tölaş;
ikki tomonlama ajratmalardan qoçiş maqsadida xizmat safariga yuboriş va muddatlarni uzaytiriş böyiça meyorlar.
Pensiya stajini özaro tan oliş pensionerlar uşbu mamlakatlarning qay birida yaşagani va işlaganidan qati nazar, tölovlarni hisoblaşda staj hisobga olinişini anglatadi.
Bitimlarning asosiy maqsadi Qirğiziston va Özbekiston fuqarolarining suğurta va davlat pensiyalarini olişda teng huquqlarini taminlaş, şuningdek, suğurta badallarini ikki marta tölaşni istisno qilişdan iborat, deydi Qirğiziston Ijtimoiy jamğarmasi.
Kelişuvlarning amalga oşirilişi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaydi, şuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlik, jumladan, yirik infratuzilma loyihalari («Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston») doirasida qöşimça imkoniyatlar yaratadi, deyiladi xabarda.