Turkmanistonga amaliy taşrif yakunlandi
23-08-2025, 05:06
304 марта
Turkmanistonga amaliy taşrif yakunlandi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy taşrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Kaspiy böyidagi "Avaza" turizm zonasida davlatimiz rahbari Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokara ötkazdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning uç tomonlama uçraşuvi bölib ötdi. Yakunda Qöşma bayonot qabul qilinib, qator hujjatlar imzolandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda yetakçilar bölib ötgan muzokaralar natijalariga baho berdilar.
Taşrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Turkmaniston va Ozarbayjon yetakçilari bilan birgalikda "Galkiniş" milliy ot sporti guruhining çiqişlarini tomoşa qildi.
Tadbirlar yakunlangaç, Turkmanboşi şahri aeroportida Özbekiston Respublikasi Prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari Nokerguli Ataguliyev va boşqa rasmiy şaxslar kuzatib qöydi.
Davlatimiz rahbari Toşkentga qaytib keldi.



