“Ruslarning quli” degan tahqir haqida Saidov-Lavrovdan izoh söramadi
27-08-2025, 22:48
995 марта
“Ruslarning quli” degan tahqir haqida Saidov-Lavrovdan izoh söramadiRossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov özbekistonlik mavqedoşi Baxtiyor Saidov bilan 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Xitoyda bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Malumotda aytilişiça, tomonlar ŞHT sammiti va oktyabr oyida Tojikistonda ötkazilişi rejalaştirilgan “Rossiya – Markaziy Osiyo” sammiti oldidan ikki mamlakat munosabatlari, xalqaro kun tartibi hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan. Şuningdek, davlat rahbarlari erişgan kelişuvlarga muvofiq strategik hamkorlik va ittifoqçilikni mustahkamlaşda izçil iş olib borişga sodiqlik bildirilgan.
Saidov özining Telegram-kanalida yozişiça, suhbat davomida Özbekiston va Rossiya munosabatlari, savdo, investitsiya, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlik, şuningdek köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi aloqalar muhokama qilingan.
Biroq, muloqot çoğida hozirda internetda keng muhokama qilingan rezonansli video – özbekistonlik fuqaroga nisbatan qöpol va tahqirlovçi munosabat, jumladan “sen ruslarning qulisan” degan haqoratli gap masalasi tilga olinmadi.
Holbuki, uşbu videoda ikki marta Özbekiston nomi tilga olingan va voqea böyiça qöşni mamlakatlar hamda xalqaro matbuot ham bong urmoqda. Ammo Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bu holatda tahqirlangan şaxs özbekistonlik ekanini rasman tasdiqlamadi va hozirça rasmiy izoh berişdan tiyildi.