Samarqandda Rossiya Boş konsulligi oçiladi
30-08-2025, 00:47
87 марта

Samarqandda Rossiya Boş konsulligi oçiladi
Yaqin kunlarda Samarqand şahrida Rossiya Boş konsulligi oçiladi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasida Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan qabuld malum qildi.Vazir örinbosari Ryabkov buni Rossiya-Özbekiston aloqalarini, jumladan, mintaqaviy miqyosda kengaytirişga özaro intilişning tasdiği, deb atadi.
“Rossiyaning Samarqandda Boş konsulligini taşkil etiş böyiça işlar yakunlanmoqda. Boş konsullik yaqin kunlarda oçiladi. Bu ikki tomonlama aloqalarni, jumladan, mintaqaviy miqyosda kengaytirişga intilişning yana bir tasdiğidir”, degan u.
Malumot uçun, uşbu konsullikni oçiş haqidagi hujjatga Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin 2024 yilning 13 fevral kuni imzo qöygan edi. Oradan 1 yildan ortiq vaqt ötib, konsullikni oçiş uçun işlar deyarli yakunlanmoqda. Bu rasmiy Moskvaning Özbekistondagi ilk konsulligi böladi.
Rossiyada esa Özbekistonning Moskvadagi elçixonasidan taşqari oltita Boş konsulligi mavjud. Ular Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov‑na‑Donu, Sankt‑Peterburg şaharlarida joylaşgan.