Özbekiston gaz eksportini sezilarli oşirdi

2025 yilning yanvar-iyul oylarida Özbekiston 438,6 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 foizga köp.
Tabiiy gaz importi esa 30,6 foizga kamayib, 734 mln dollarni taşkil etdi. Bu – Statistika agentligining taşqi savdo şarhida keltirilgan.
Malumot uçun, Özbekiston 2024 yil davomida Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib olgan. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga köp. Gaz eksporti esa 2024 yilda qiymat jihatdan 18 foizga oşib, 628 mln dollarga yetgan. Tabiiy gaz qança narxda import va eksport qilinayotgani “tijoriy sir” sifatida oçiqlanmay keladi.