Bugun özbekistonliklar töliq Oy tutilişini kuzatişi mumkin
7-09-2025, 16:56
637 марта

Bugun özbekistonliklar töliq Oy tutilişini kuzatişi mumkin
Akademiyaga köra, uşbu tutiliş töliq Oy tutilişi hisoblanib, tutilişning töliq fazasida Oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida böladi. Oy tutilişining töliq fazasi 1 soat 22 daqiqa davom etib, tutilişning umumiy davomiyligi esa 3 soatdan ortiqroq vaqt davom etadi.
Qöşimça qilinişiça, uşbu astronomik hodisaning töliq fazasini Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya qitalarining malum bir qismida kuzatiş mumkin. Jumladan, Yevroosiyo materigida Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston, Armaniston, Eron, Birlaşgan Arab Amirliklari, Ummon, Yaman, Somali, Madagaskar, Pokiston, Nepal, Hindiston, Şri-Lanka, Xitoy, Möğiliston, Janubiy Koreya, Şimoliy Koreya, Bangladeş, Myanma, Tailand, Vetnam, Laos, Malayziya davlatlar hududida yaşovçi barça aholi töliq Oy tutilişini kuzatiş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, Rossiyaning markaziy hududlari, Ozarbayjon, Turkiya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Afrika qitasining şarqidagi bir neça davlatlar va Yaponiya, Avstraliyaning Ğarbiy viloyatlari, Indoneziyaning Ğarbiy orollaridagi aholida ham töliq Oy tutilişini kuzatiş imkoni mavjud. Butun Yevropa davlatlari, Afrika qitasining şarqidagi davlatlar, Rossiyaning ğarbiy va şarqiy viloyatlari, Yaponiyaning şimoli-şarqiy viloyatlari, Filippin orollari, Gavayi orollari, Fidji orollari, Avstraliyaning Şarqiy viloyatlari va Yangi Zelandiya davlati aholisi esa geografik joylaşuviga mos ravişda turli darajadagi qisman Oy tutilişini kuzatişi mumkin.
“Uşbu Oy tutilişining töliq va qisman fazalari töq puşti va oç puşti ranglarda dunyoning siyosiy-geografik xaritasida tasvirlangan”, deyiladi xabarda.Uşbu astronomik hodisa Özbekistonda 7 sentyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:27 da qisman Oy tutilişi, soat 22:30 da esa töliq Oy tutilişi boşlanadi. Töliq fazali Oy tutilişi 1 soat 22 daqiqa davom etadi, soat 23:11 da töliq fazali Oy tutilişi maksimum fazasiga yetadi, soat 23:52 da esa töliq fazali tutiliş tugaydi, 8 sentyabr soat 00:56 da qisman Oy tutilişi ham tugaydi. Oy tutilişi umumiy 5 soat 26 daqiqa davom etadi. Oy tutilişi boşlanganda Toşkent şahrida Oyning ufqdan (gorizontdan) balanligi 27 darajani taşkil etadi, tutilişning maksimal fazasida uşbu qiymat 39 darajani, tutiliş tamomlaniş arafasida uşbu qiymat 41 darajani taşkil etadi.