Endi Özbekistondagi maktablarda ham Xitoy tili öqitiladi
9-09-2025, 16:09
274 марта

Endi Özbekistondagi maktablarda ham Xitoy tili öqitiladi
Özbekistondagi oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili öqitiladi. Buning uçun 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan maktabgaça va maktab talimi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida malum qilindi.“Meni taşvişga solayotgan masala – yoşlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topişi uçun şaroit yaratiş. Agar buni töğri yölga qöysak, mahallada kambağal va işsiz qolmaydi”, dedi Prezident.
Qayd etilişiça, davlat rahbarining Xitoyga taşrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qişloq va suv xöjaligi sohalaridagi önlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi şakllantirildi. Bunday loyihalar uçun texnologiyalar va xitoy tilini yaxşi biladigan minglab kadrlar kerakligi takidlandi. Kasbga örgatişda Xitoy tajribasini joriy etiş maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “Özbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni taşkil qiliş topşirildi.
Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini öqitiş maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.