“Tolibon” yana Özbekistondan vertolyotlarni qaytarişni söradi
12-09-2025, 21:02
650 марта

“Tolibon” yana Özbekistondan vertolyotlarni qaytarişni söradi
Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati taşqi işlar vaziri Amirxon Muttaqiy avvalgi hukumat ağdarilganidan söng Afğonistondan Özbekiston va Tojikistonga olib ötilgan vertolyotlarni qaytarişga çaqirdi. Bu haqda u “Tolibon” taşqi işlar vazirligi tomonidan diplomatlar va xalqaro taşkilotlar iştirokida ötkazilgan yiğilişda söz oçdi.Muttaqiy, şuningdek, mamlakatga nisbatan sanktsiyalarini bekor qiliş va Afğoniston şarqidagi zilzila jabrdiydalariga yordam körsatiş zarurligini qayd etgan.
“Biz tört yil oldin siyosiy özgarişlardan keyin bizning ayrim vertolyotlarimizni olib, qöşni davlatlarga topşirgan mamlakatlardan ularni afğon xalqiga qaytarişni söraymiz, ular insonparvarlik operatsiyalarida işlatiladi”, deydi u.
Nutqining boşqa qismida Muttaqiy Afğonistonga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalar masalasiga töxtalgan. Uning sözlariga köra, uşbu sanktsiyalar oqibatida joriy etilgan bank çeklovlari çet eldagi ayrim afğonistonliklarga mamlakatga moddiy yordam yuborişni qiyinlaştirgan. Şu tariqa Muttaqiy xalqaro hamjamiyatni yana bir bor mamlakatga qarşi sanktsiyalarni bekor qilişga çaqirgan.
“Afsuski, Afğonistonga qarşi joriy etilgan adolatsiz va noqonuniy çeklovlar tufayli yurtdoşlarimiz zilziladan jabrlanganlarga yordam yubora olmayapti”, deydi u.