2026 yil yoşlarni kasb-hunarga örgatiş yili böladi
15-09-2025, 17:34
205 марта

2026 yil yoşlarni kasb-hunarga örgatiş yili böladi
Özbekistonda kelasi yil yoşlarni zamonaviy kasb-hunarga örgatiş yili böladi. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida öqituvçi va murabbiylar bilan ötkazayotgan muloqotida malum qilindi.“Biz yoşlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalaşimiz kerak. Heç qaçon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki böladi”, dedi davlat rahbari.
Malum qilinişiça, iqtisodiyotga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yönalişlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelyapti, minglab korxonalar işga tuşyapti. Şuning özidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli iş örinlari paydo bölyapti.
Bu joylar, eng avvalo, yoşlar işli bölişi uçun qöşimça imkoniyat. Lekin ular zamonaviy texnologiya va xorijiy tillarni bilişi, kasbiy könikma va malakaga ega bölişi zarurligi takidlandi.
Şu maqsadda Kasbiy talim agentligi taşkil qilinmoqda. Uşbu agentlik va hokimlarning asosiy vazifasi barça 598 ta texnikumga yangi muhit olib kiriş va xalqaro standartlarni joriy qilişdan iborat böladi.
Bir yil içida 100 ta texnikumda Germaniya, Şveytsariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning talim taşkilotlari bilan hamkorlik yölga qöyilib, ularning eng ilğor kasbiy talim dasturlari joriy qilinişi belgilandi. Bundan taşqari, kasbiy könikmasi bor istalgan talabgor uşbu texnikumlarda xorijiy davlatlarning malakani baholaş tizimi orqali imtihondan ötib, xalqaro sertifikat olişi mumkin böladi.
Joriy öquv yilidan Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BITEK” xalqaro dasturi boşlandi. Bu orqali yoşlar xalqaro standartlar asosida turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, quriliş, logistika, elektrotexnika, energetika, maşinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yönalişlarda talab yuqori kasblarni egallaydi.
Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boşlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual talim yölga qöyiladi. Korxonalar bilan aniq loyihalari bölgan texnikumlar örtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qiliş böyiça tanlov ötkaziladi. Tanlov ğoliblariga ustaxona uçun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.
Muloqotda dual talim bilan qamrov 5 barobar oşirilişi takidlandi. Hamkor korxonalarni rağbatlantiriş maqsadida ularga 5 milliard sömgaça imtiyozli kredit ajratilib, dual talim orqali işlayotgan öquvçilar böyiça yagona ijtimoiy tölov ikki barobar qisqartiriladi.