Avtomaktablarda öqiş 6-7 mln.sömgaça qimmatlagan
20-09-2025, 20:21
164 марта
Avtomaktablarda öqiş 6-7 mln.sömgaça qimmatlaganMarkaziy bank avgust oyi yakunlari bilan eng yuqori darajada qimmatlagan tovar va xizmatlar röyxatini taqdim etgan. Xizmatlar orasida eng yuqorida qimmatlaşiş röyxatini gaz emas, suv emas, çiqindi taşiş emas, hatto mahalliy aviaqatnovlar ham emas, haydovçilik kurslari boşqarib turipti.
Ötgan yili Toşkentda 3-3,5 mln.sömga, viloyatlarda 2-2,5 mln.sömga avtomaktablarda öqiş mumkin bölgan bölsa, xususiy maktablarni bir qöllilaştirişga qaratilgan antiqa va oğir qoidalar joriy qilingaç, Hozir Toşkentda haydovçilik kurslaridan öqiş 7 mln.sömgaça (8 mln.sömlik pörim kurslar ham bor), viloyatlarda esa 6 mln.sömgaça qimmatlagan. Skuter va mopedlarda non topayotgan kurerlar va yetkazib beruvçilar qanday baloga va nima uçun röpara qilinganini endi tuşungandirsiz?
Haydovçilik kurslarida öqiş narxlari faqat oxirgi 1 yilda oşayotgani yöq. Bu balo 2022 yilda boşlangan (toping-çi, öşanda qanday yangilik joriy etilgandi?). Tasavvur qilişingiz uçun öşa paytda haydovçilik kurslarida 1 mln.söm tölab öqiş mumkin bölgan. Demak, oxirgi 3 yilda xizmatlar narxlari 6-7 karraga qimmatlagan.
Raqobat qömitasi ötgan yili bir neça viloyatlarda avtomaktablarga bajarib bölmas talablar qöyilib, yopib taşlanganidan keyin ham, narxlar karrasiga qimmatlay boşlaganidan keyin ham biron marta bu masala böyiça öz munosabatini bildirmagan.