Pulli avtomobil yöllaridan kimlar bepul foydalanişi mumkin?
23-09-2025, 12:49
628 марта
Pulli avtomobil yöllaridan kimlar bepul foydalanişi mumkin?“Avtomobil yöllari töğrisida”gi qonun loyihasi bilan pulli yöllar tarmoğini barpo etişning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Unga köra, pulli avtomobil yölini qurişga faqatgina muqobil bepul harakatlaniş yöli mavjud bölgan taqdirdagina ruxsat beriladi.
Şu bilan birga, pulli yöldan harakatlaniş uçun tölov miqdori aholi va iqtisodiyot ehtiyojlari inobatga olinib, iqtisodiy jihatdan özini oqlaydigan tartibda belgilanişi şart.
Kimlar uçun yöllar bepul?
Qonun loyihasiga muvofiq, pulli avtomobil yöllaridan içki işlar, tez yordam, yonğin xavfsizligi kabi maxsus xizmatlarning maşinalari bepul foydalanişi mumkin.
Qonun loyihasidagi asosiy normalar
- “Avtomobil yöllarini rejalaştiriş” mexanizmini joriy etiş;
- Yöl infratuzilmasini aholi va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravişda rivojlantiriş;
- Yöllarni loyihalaşda aholi fikri va atrof-muhitga tasirini inobatga oliş;
- Piyodalar uçun tösiqsiz muhit yaratiş böyiça qatiy talablar qöyiş;
- Kommunikatsiya tarmoqlarini qurişda yöllarning avvalgi holatini tiklaş xarajatlarini qoplaş;
- Katta hajmli va oğir vaznli transport vositalari harakatini tartibga soliş;
- Yöl böyi mintaqalarida xizmat körsatiş obektlarini joylaştiriş talablarini belgilaş.
Yakuniy qaror
Qonun loyihasi parlament quyi palatasi majlisida ikkinçi öqişda moddama-modda muhokama qilindi. Deputatlar uni maqullab, Senatga yubordilar.
Mazkur qonun normalari yöl sifatini yaxşilaş, pulli yöllar tarmoğini barpo etiş hamda sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga xizmat qilişi kutilmoqda.