USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda neçta fuqaroda ov quroli borligi aytildi

370 марта

Özbekistonda neçta fuqaroda ov quroli borligi aytildi

Özbekistonda 2025 yil avgust oyi holatiga köra, 45 mingdan ortiq fuqaroda ov quroli bor. Joriy yilning 8 oyida ularning 10 mingdan ziyodi mamuriy huquqbuzarlik sodir etgani uçun javobgarlikka tortilgan. Bu haqda IIV jamoat tartibini saqlaş xizmati bölim boşliği Davron Kasimov malum qildi.


«Içki işlar organlarida röyxatda turgan ovçi qölidagi qurolni saqlaş, undan xavfsiz foydalaniş yoki olib yuriş qoidalarini buzsa, javobgarlikka tortiladi. Masalan, hozir ov mavsumi emas, lekin brakonerlik bilan şuğullanib, ov qilayotgan ovçilar hamda qurolni belgilangan joyda emas, balki boşqa joyda saqlaganlar qoida buzgan hisoblanadi. Bundan taşqari, qurol saqlaş va olib yuriş ruxsatnomasining muddati ötkazib yuborilgan holatlar ham juda köp. Bu ham javobgarlikka sabab böladi», — deydi u.

Uning qayd etişiça, yuqoridagi kabi holatlar kuzatilganida, ovçilar «Mamuriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksning quyidagi moddalari böyiça javobgarlikka tortiladi:

–185-modda: Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalaniş;
–220-modda: Qurolning va uning öq-dorilarining muomalada bölişi qoidalarini buziş;
–221-modda: Qurolni röyxatdan ötkaziş (qayta röyxatdan ötkaziş) qoidalarini yoki uning muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarning amal qiliş muddatini uzaytiriş qoidalarini buziş.

IIV rasmiysining aytişiça, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida 800 nafar fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Reklama joylaştiriş
«Yaşaş uyida noqonuniy qurol saqlab, içki işlar organlari röyxatida turmagan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi böyiça javobgarlik belgilangan. Tezkor qidiruv xizmatlari tomonidan olib borilayotgan tadbirlar davomida bunday holatlar ham kuzatilmoqda. Tahlillarga köra, sobiq sovet davrida ota-bobolari sotib olib, ulardan qolib ketgan, ammo IIOda röyxatdan ötmagan qurollar köp aniqlanmoqda. Bunday fuqarolar orasida qonunçilikdan xabari bölmaganlar köpçilikni taşkil etadi. Şuningdek, çöponlar yoki xodimlarimiz tomonidan qir-adirlarda ham topib olinayotgan qurollar mavjud», — deydi u.

Davron Kasimovning sözlariga köra, joriy yilning ötgan davrida fuqarolar öz xohişi bilan içki işlar organlariga mingdan ziyod qurol topşirgan. Ular orasida antikvar, yani kollektsiyalaş qurollari ham mavjud.

«Respublikamizda aynan noqonuniy qurolga qarşi juda ham tezkor tizimli siyosat olib boriladi. Şuning uçun ham joriy yilda ming nafardan ortiq fuqaro öz xohişi bilan içki işlar organlariga qurol topşirdi. Bu ham olib borayotgan tizimli tadbirlarimiz natijasi deb öylayman.

Vazirlar Mahkamasining 310-sonli (yopiq) qaroriga asosan, öz xohişi bilan qurol topşirgan fuqarolar pul mukofotlari bilan taqdirlanmoqda», — deydi u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: