Uzbekistan Airways Toşkent va Madridni töğridan töğri aviaqatnovlar bilan boğlaydi
24-04-2025, 19:13
130 марта

Uzbekistan Airways Toşkent va Madridni töğridan töğri aviaqatnovlar bilan boğlaydi
Hayotingizni yorqin ranglar bilan boyiting – Uzbekistan Airways bilan Madridga sayohat qiling. Aviaçiptalarni tarif narxidan 10% gaça çegirma bilan xarid qilişga şoşiling.Madrid – sevib qolmaslik qiyin bölgan şahar. Bir paytlar u korridasi va haşamatli saroylari bilan maşhur bölgan bölsa, bugungi kunda sanat ixlosmandlari, futbol muxlislari va şopping işqibozlarini öziga jalb qilmoqda. Ispaniya poytaxti bir qaraşda maftunkor: Plaza Mayor maydonida eski şahar muhitini his qiliş, Retiro boğida esa şahar şovqinidan dam oliş va qayiqda sayr qiliş mumkin.
Rassomçilikka qiziqmasangiz ham, Prado muzeyiga albatta taşrif buyurişingiz kerak.
Gastronomiya – alohida bob: deyarli barça restoran va barlarda tortiladigan tapas, ispan gazaklarini tatib köring. Bundan taşqari, paella, ayniqsa, dengiz mahsulotlari bilan va hammasini sangriya bilan içişni unutmang – yozda ayniqsa tetiklaştiradi. San-Migel bozorining özi tarixiy joy. U bir asrdan köproq vaqt oldin oddiy bozor sifatida oçilgan bölsa-da, 15 yildan ortiq vaqt davomida Madridning gastronomik madaniyati markazi bölib qolmoqda.
Joriy yilning bahorida Uzbekistan Airways Toşkent va Ispaniya poytaxti örtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oşirişni boşladi. Madridga parvozlar duşanba kunlari Toşkentdan Urgançga oraliq qöniş bilan amalga oşiriladi.
- Toşkentdan jönab ketiş soat 09:35, Toşkent vaqti bilan;
- Madridga yetib boriş soat 17:05, Madrid vaqti bilan;
- Madriddan jönab ketiş soat 18:35, Madrid vaqti bilan;
- Toşkentga yetib keliş ertasi kuni soat 04:40, Toşkent vaqti bilan.