Xorazm – Yevropaga oçilayotgan iqtisodiy eşik
6-10-2025, 17:40
299 марта
Xorazm – Yevropaga oçilayotgan iqtisodiy eşikBugun Xorazm viloyati hayotida muhim diplomatik voqea röy berdi. Viloyat hokimi Jörabek Raximov Xalqaro maslahat kengaşi ekspertlari — Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Ştefan Fyuleni qabul qildi.
Yevropa bilan hamkorlik yangi bosqiçda
Uçraşuv çoğida Xorazm viloyatining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan köp qirrali hamkorligini yanada rivojlantiriş, sarmoyaviy muhitni yaxşilaş va ikki tomonlama aloqalarni kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalarda energetika, agrosanoat, qayta tiklanadigan energiya manbalari hamda talim va turizm sohalaridagi qöşma loyihalarga etibor qaratildi.
Taşqi savdo hajmi 4 baravarga oşdi
Malumotlarga köra, Xorazm viloyatining Yevropa Ittifoqi bilan taşqi savdo aylanmasi 5 yil muqaddam 20 million dollarni taşkil etgan bölsa, ötgan yili bu körsatkiç 80 million dollarga yetgan. Bu hududning iqtisodiy jozibadorligi va eksport salohiyati ortib borayotganidan dalolatdir.
Yevropalik sarmoyadorlar Xorazmda
Bugungi kunda viloyatda xorijiy investorlar iştirokida 200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 47 tasi aynan Yevropalik sarmoyadorlar iştirokida taşkil etilgan. Bu korxonalar orqali yuzlab iş örinlari yaratilmoqda, zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda va mahalliy mahsulotlar xalqaro bozorga çiqmoqda.