USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondagi pulli yöllarda 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

121 марта

Özbekistondagi pulli yöllarda 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

Özbekistondagi pulli yöllarda 150 km/soatgaça tezlikda yurişga ruxsat beriladi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasining boş huquqiy maslahatçisi Hasan Umarov Oliy Majlis Qonunçilik palatasining “Parlament FM” podkastida söz oçdi.


Hasan Umarovning sözlariga köra, pulli yöl taşkil etiş uçun asosiy talablardan bittasi muqobil yöl bölişi kerak, yani bepul harakatlaniş uçun muqobil yöl bölişi lozim. Şuningdek, pulli yöl katta tezlikda harakatlaniş imkonini hamda yuqori servis xizmatlarini berişi kerak.
“Umumiy foydalanişdagi bepul yöllarimizda 90 km/soat bölsa, pulli yöllarda bu 150 km/soatgaça mumkin böladi. Qonun (“Avtomobillar yöllari töğrisidagi”) çiqqanidan keyin yöl harakati qoidalariga ham qöşimçalar kiritiladi”, deydi u.
Bundan taşqari, Hasan Umarov pulli yöllar sababli oddiy yöllarda ham tirbandlik kamayişini aytmoqda.
“Pulli yöllar tanlov imkoniyati bölganidan keyin umumfoydalanişdagi tirbandliklarni yöqotadi. 100-200 kilometrga boradigan bölsangiz, yölda neçta radarga tuşadi. Bittasiga tuşsangiz ham 200 ming söm tölaysiz. Pulli yöldan 200 kilometrga harakatlanganingizda 100 ming söm tölaysiz. Bu hisob-kitoblar hali “xomsçyot”, özgarişi mumkin”, deydi u.
Hasan Umarovning aytişiça, pulli yölda har bitta maşina toifasiga qarab “palasalar” ajratilişi mumkin. Masalan, yuk taşuvçi maşinalar uçun alohida, yengil avtomobillar uçun alohida. 

Şu bilan birga, Qonunçilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi raisining örinbosari Farhod Zayniyevning aytişiça, favqulodda holatlarda pulli yöllardan bepul foydalaniş mumkinligi qonunda belgilab qöyilmoqda. Xususan, tez yordam va içki işlar organlarining avtobillari kabi maxsus transportlar ham pulli yöldan bepul yurişi mumkin böladi.

Malumot uçun, 2023 yilning dekabr oyida Toşkent-Samarqand pulli avtomobil yölini quriş loyihasi işlab çiqilgan. Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hujjatini işlab çiqiş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki tomonidan 350 ming dollar miqdorida grant mablağlari ajratilgan. Loyiha xalqaro standartlarga javob beradigan 305 kilometr uzunlikdagi avtomobil yöli 6 tasmali avtomagistral talablari asosida quriladi. Şuningdek, hamma tutaşma va inşootlar ustidan yangi köprik va yöl ötkazgiçlar quriş hamda intellektual transport tizimini örnatiş közda tutilgan. Toşkent-Andijon pulli yöli Toşkent va boşqa hududlarni Farğona vodiysi bilan boğlaşga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 kilometr bölib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni taşkil qiladi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: