USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Göşt narxi rekord darajada oşdi. Sabab nima?

1 869 марта
Göşt narxi rekord darajada oşdi. Sabab nima?

Global miqyosda mol göştining bir kilogrammi uçun örtaça narx 6,9 dollargaça qimmatlaşdi. Bu mutlaq rekord körsatkiçdir. Özbekistonda ham göşt narxining oşişi yillik inflyatsiyadan 3 barobar yuqori bölib qolyapti. Xöş, bunga nimalar sabab bölyapti?

2025 yilning sentyabr oyida dunyo böylab mol göştining bir kilogrammi uçun örtaça narx 6,9 dollargaça qimmatlaşdi. Bu 1960 yildan keyingi davrda qayd etilgan rekord körsatkiç, deya xabar berdi Jahon banki.



Göşt narxi ketma-ket 4 oydan beri oşib boryapti. Yillik hisobda narx ösişi 10 foizga yaqinlaşdi. Bunga asosiy sabab sifatida işlab çiqariş hajmining qisqarişi keltirilyapti. Çunki qoramolni yetiştiriş uzoq vaqt talab etadi: bitta buqa söyiladigan oğirlikka yetişi uçun taxminan ikki yil kerak.

TRT naşrining yozişiça, qoramol göşti nafaqat çöçqa va parranda göştidan sekin tayyor böladi, balki uni boqiş ham ança qimmatga tuşadi. Ayniqsa yem-xaşakka köp mablağ ketadi. Masalan, bir kilogramm mol göşti işlab çiqariş uçun 15 ming litr suv sarflanadi.

Fermerlar uçun yana bir muammo — iqlim özgarişi. Qurğoqçilik sabab yaylovlar va ozuqa hosili qisqarib boryapti. Natijada hayvonlarni erta söyiş boşlangan.

Mol göşti narxini oşirayotgan yana bir omil — Trampning boj uruşi. AQŞning boşqa davlatlar bilan savdo ziddiyatlari noaniqlikni kuçaytirib, savdo zanjirlarini buzyapti. Bundan taşqari, yoqilği narxining oşişi fonida logistika va qayta işlaş xarajatlari ham qimmatlaşgan.


Şuningdek, Yevropaning ayrim mamlakatlarida kasallik sabab qoramollarning qirilib ketişi ham taminot qisqarişiga olib kelgan.

Şu bilan birga, göşt istemoli ham ortib boryapti. Koronavirus pandemiyasi va çeklovlardan söng aholi yana faol tarzda göşt yeyişni boşlagan.


AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi malumotlariga köra, dunyoda istemol qilinadigan göşt turlari içida mol göştining uluşi 24 foizni taşkil etadi. Bu borada çöçqa göştining uluşi 36 foiz, parranda göştining uluşi 33 foiz, qöy göştining uluşi esa atigi 5 foiz. Dunyodagi eng yirik göşt yetkazib beruvçi mamlakatlar – AQŞ, Braziliya va Xitoy hisoblanadi.

Mutaxassislarning ogohlantirişiça, taklif qisqarib, talab oşib borayotgani sababli narxlar doimiy tarzda qimmatlaşib boradi. Natijada 10-15 yildan keyin mol göşti faqat badavlat odamlar sotib olişga qurbi yetadigan haşamatli taomga aylanişi mumkin.


Yaqin kelajakda istemolçilar laboratoriyada yetiştirilgan suniy göştga ötişi ehtimoli ham bor. Gollandiya, AQŞ va Isroil kompaniyalari allaqaçon hayvon söymasdan mol göşti işlab çiqariş bilan şuğullanyapti.


Özbekistonda göşt narxining qimmatlaşişi

Statistika qömitasining rasmiy raqamlariga qaraydigan bölsak, sentyabr oyi yakunlariga köra Özbekistonda suyaksiz mol göştining yillik nisbatda qimmatlaşişi 25,2 foiz, suyakli mol göşti narxining oşişi esa 23,2 foiz bölgan. Oxirgi yillarda göşt narxining qimmatlaşişiga bir neçta omillar majmuasi tasir qilayotgan bölişi mumkin.


Birinçidan, çorva mollarini oziqlantiriş uçun ajratilgan yer maydonlari qoramollar soniga mutanosib emas. Oldin mavjud bölgan yaylovlar örni ekinzorga aylanişi bilan nomutanosiblik kengayib boryapti. Yani fermer çorvaçilikni kengaytirişni istasa ham, buning uçun unda yetarli yer maydoni mavjud emas.


Yaylov çorvaçiligida göşt mahsulotlarini işlab çiqarişga qilinadigan xarajatlar qoramolçilikdagiga nisbatan ança kam bölib, mahsulot işlab çiqariş tannarxning pastligi tufayli göşt narxini muvozanatlovçi asosiy omil hisoblanadi. Iqlim özgarişi va suv tanqisligi sababli yaylovlarning qisqarişi tabiiy ravişda kuçayib boryapti. Şuningdek, buta va yarim buta ösimliklarini ötin va boşqa xöjalik ehtiyojlari uçun çopib oliş ham yaylovlar inqirozi va çöllaniş jarayonini tezlaştirgan.

Öz navbatida, yaylovlarning qisqarişi mavjud zaxiralardan köproq foydalanişni taqozo etadi. Buning oqibatida ösimliklarning normal ösib rivojlanişi va uruğ hosil qilişi, tuproqqa uruğlarning tökilişi kabi muhim tabiiy jarayonlar sekinlaşadi.


Yani hozirgi narxlar oşişini barqarorlaştiriş, bozordagi taklifni oşiriş uçun birinçi navbatda mazkur köp yillik tizimli muammoni hal qiliş kerak böladi. Çöl yaylovlarining hajmi va hosildorligini oşirmay turib, ularda boqilayotgan çorva hayvonlari boş sonini köpaytirişning iloji yöq. Masalan, ayrim mamlakatlarda yaylovlar holatini yaxşilaş uçun har yili bir yillik ösimlik uruğlarini sepiş yölga qöyilgan.

Ikkinçidan, göştning katta qismi odamlar tomonidan xonadonlarda yetiştiriladi. Bunda qöşimça daromad oliş maqsadida yoş qoramol çorvadordan sotib olinadi va semirtirib sotiladi. Şrot va kunjara kabi mahsulotlar narxining tez özgaruvçanligi, yem-xaşak uçun yer maydonlarining yetarli emasligi, makkajöxori kabi ekinlarni ekişga qöyilgan norasmiy çeklovlar çorva uçun oziq-ovqat narxlarini qimmatlaştiryapti.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: