"Özbekiston Vazirlar Mahkamasining maxfiy buyruği Qozoğistonga keskin zarba böldi"
16-10-2025, 14:52
824 марта
"Özbekiston Vazirlar Mahkamasining maxfiy buyruği Qozoğistonga keskin zarba böldi"30 dollarlik mahsulot Özbekistonga 300 dollardan kam bölmagan narxda eksport qilingani aytilmoqda. Qozoğiston Tsement va beton işlab çiqaruvçilari assotsiatsiyasi (QazCem) rahbari Yerbol Aqimbayev Özbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan “maxfiy buyruq” haqida gapirgan. Uning sözlariga köra, mazkur hujjat Qozoğistondan tsement yetkazib beriş hajmining keskin kamayişiga sabab bölgan.
“Hujjatda Qozoğistondan Özbekistonga keltirilayotgan tsement narxi 300 dollardan kam bölmasligi belgilangan, holbuki biz uni $30 ga yetkazib beramiz”, — degan Aqimbayev.
Aqimbayevning aytişiça, Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 2025 yil iyul oyida maxfiy buyruq qabul qilgan. Bu hujjatga binoan, Qozoğiston tsementi $300 narxda deklaratsiya qilinişi va şu asosda soliq tölanişi majburiy etilgan. Buning natijasida, 2025 yil avgust oyida Özbekistonga tsement importi sönggi yetti yilda ilk bor nol darajaga tuşgan.
“Bu narxda tsementni heç kim sotib olmaydi. Agar Özbekiston şunday siyosat yuritayotgan bölsa, Qozoğiston ham öz navbatida öxşaş çora köriş huquqiga ega”, — degan Aqimbayev Forbes Kazakhistan naşriga bergan intervyusida.
Akimbayev aytgan hujjatning özi oçiq manbalarda topilmagan, Aqimbayev bu malumotni Özbekiston bojxonaçisining körsatgan suratiga tayanib bildirgan. Hozirda bu masala Qozoğiston tarmoq idoralari tomonidan muhokama qilinmoqda.
Malumki, Qozoğiston sönggi yillarda Özbekistonga tsement yetkazib beruvçi asosiy hamkor bölib kelgan.