Joriy yilda erta turmuş bilan boğliq 150 dan ortiq holat aniqlangan
16-10-2025, 17:42
104 марта

Joriy yilda erta turmuş bilan boğliq 150 dan ortiq holat aniqlangan
2025 yil boşidan buyon Özbekistonda 15-17 yoşli voyaga yetmagan qizlar örtasida erta turmuş quriş bilan boğliq 155 ta holat qayd etilgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudayarov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.Vazirning qöşimça qilişiça, mamlakatda qarindoşlar örtasidagi nikoh holatlari hamon qayd etilmoqda.
Xudayarov Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni bölib ötgan yiğilişda yoşlar, ayniqsa, qizlar örtasida erta turmuş quriş masalasini tanqid qilganini takidladi.
«Yiğilişda ayollarning tuğiliş örtasidagi zarur intervalga rioya qilmasdan, kalendar yili davomida ikki marta homilador böliş holatlari ham muhokama qilindi. Bu zaiflaşgan va kasal bolalarning tuğilişiga olib keladi.
Prezidentimiz bunday holatlarning oldini oliş, soğlom avlod tuğilişini taminlaşda mahalliy tibbiyot xodimlari mahalla qömitalari, xotin-qizlar qömitalari, diniy idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga yanada masuliyat bilan yondaşişi zarurligini takidladi», – deydi vazir.
Soğliqni saqlaş vazirligi rahbarining sözlariga köra, Özbekistonda bu borada tarğibot tadbirlari ötkaziş rejalaştirilmoqda.